O'zbekiston davlat  jahon tillari universiteti rahbariyati tomonidan "Yosh olim" ilmiy konferensiyasi tashkil qilingan, bo'lib unda universitet talabalari va magistrlari o'zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashadilar. Konferensiya davomida ilmiy va metodik bilimlar keng tahlil etiladi va fikrlar almashiniladi.  Bu yilgi konferensiya 25 may kuni bo'lib o'tadi.Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar kamida 2-3  betdan iborat maqolalarini ilmiy bo'lim rahbariyatiga taqdim etishlari so'raladi. Maqolada muayyan masala ilmiy asosda bayon etilishi talab qilinadi.  Mavzu  tanlovi ixtiyoriy bo'lib,jumladan

  • Axborot texnologiyalar
  • Til o'qitish metodikasi
  • Amaliy  va nazariy grammatika
  • Fonetika
  • Tarjima san'ati
  • Stilistika
  • Qiyosiy tipologiya  va shu kabi ko'plab yo'nalishlarda o'z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

G'olib talabalarning maqolalari konferensiya to'plamida chop etiladi.  Ishtirokchilar  qo'shimcha ma'lumotlar uchun fraansuz filologiyasi fakulteti binosida joylashgan ilmiy bo'limga murojaat etishlari mumkin.

Gulhayo Qobilova.