Fuqarolik Jamiyati Yetakchiligi Mukofoti Ochiq Jamiyatlar Instituti tomonidan moliyalashtirilib, ro’yxatda berilgan davlatlardan bo’lgan shaxslarga dunyoning rivojlangan davlatlarida magistratura darajasini qo’lga kiritish uchun tahsil olish imkonini yaratadi.
Dastur fuqarolik jamiyati rivojiga o’z hissasini qo’sha oladigan va ijtimoiy ehtiyojlarga yechim topadigan yuqori akademik salohiyatga ega hamda professional yutuqlarga erishgan yoshlarga mo’ljallangan.
Dastur quyidagi sohalar uchun grant ajratadi:
Kommunikatsiya va media (jurnalistika); Madaniyat, tarix va jamiyat; Taraqqiyot masalalari; Iqtisodiyot; Ta’lim boshqaruvi va yetakchiligi; Atrof-muhit va tabiiy boyliklarni boshqarish; Gender tadqiqotlari; Huquq va inson huquqlari; Siyosatshunoslik va xalqaro aloqalar; Sog’liqni saqlash va boshqarish; Davlat qurilishi va boshqaruvi; Ijtimoiy ish va ijtimoiy siyosat. Dasturda mezbonlik qiluvchi universitetlar joylashgan davlatlar:
AQSh; Xitoy; Fransiya; Germaniya; Vengriya; Hindiston; Latviya; Niderlandiya; Polsha; Turkiya; Angliya. Mezbon universitetlar orasida Kembrij universiteti, Kolumbiya universiteti, Markaziy Yevropa universiteti va Esseks universiteti kabi obro’li o’quv yurtlari mavjud. Mezbon universitetlarning to’liq ro’yxati SHU YERDA.
Kim uchun:
O’zbekiston fuqarolari; A’lo baholarga ega va fuqarolik jamiyati yaratishda yetakchilik ko’rsatgan yoki ko’rsatish potensialiga ega; Bakalavr diplomiga ega; Mezbon universitetda taklif qilinadigan o’qish tiliga qarab, ingliz, nemis yoki fransuz tillarini biladigan va uni tasdiqlovchi test natijalariga ega; 2017-yilning avgust yoki sentabr oyida o’qishni boshlashdan oldin, iyul yoki avgust oylarida intensive akademik yozish kursida qatnasha oladigan; O’qishni tamomlagach o’z davlatiga qaytib, fuqarolik jamiyati yaratishga hissa qo’shadigan yoshlar taklif qilinadi. Grant miqdori:
O’qish xarajatlari; Turar-joy va yashash xarajatlarini qoplash uchun oylik stipendiya; Dastur bilan bog’liq safar xarajatlari; Tibbiy sug’urta; O’qishga kerak bo’ladigan materiallar yoki professional rivojlanish uchun moddiy yordam; Dasturning har yili bo’lib o’tadigan mintaqaviy konferensiyasida qatnashish; TOEFL yoki IELTS testini topshirish xarajatlari (yarim finalga chiqqan nomzodlarga); O’qishdan oldin Turkiya yoki Tailandda o’qishga tayyorgarlik yozgi kurslarida qatnashish xarajatlari qoplanadi. Ariza to’ldirish tartibi:
Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2016-yil 15-sentabr; Oktabr oyida arizalar xalqaro komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi; Shundan so’ng yarim finalga chiqqan nomzodlar TOEFL yoki IELTS testlarini 2015-yil noyabr oyida topshirishi so’raladi. Test xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi. TOEFL/IELTS uchun minimum bal talablari universitetlarga qarab har xil bo’lishi mumkin, lekin magistratura uchun, odatda, minimum IELTS 6,5 so’raladi; Noyabr oyida yarim finalga chiqqan nomzodlar Skype orqali intervyuga taklif qilinishi mumkin. Natijalar 2017-yil yanvar oyida e’lon qilinadi va ularning arizalari mezbon universitetlarga yuboriladi. Ba’zan, nomzodni dastur qabul qilsa-da, mezbon universitet qabul qilmasligi mumkin. Ariza onlayn SHU YERDA to’ldiriladi.