Qayerda: AQSh Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 14-sentabr Kim uchun: Bakalavr talabalari Grant miqdori: To’liq qoplanadi Umumiy ma’lumot: BMT Jamg’armasi va BMT Assotsiatsiyasi Leo Nevas Inson Huquqlari ishchi guruhi Inson huquqlari yosh faoli mukofoti uchun tanlov e’lon qiladi. G’olib 2015-yil 3-noyabrda Nyu-York shahrida o’tkaziladigan Global Liderlik bazmida mukofotni qabul qilib oladi. Tadbirda BMT Bosh kotibi, AQShning BMTdagi elchisi va boshqa ko’plab yuqori martabali shaxslar ishtirok etadi. Kim uchun:
  • BMT va inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari haqida boshqalarning bilimini oshirish loyihalarida qatnashgan bakalavrlik darajasi talabalari uchun.
Grant miqdori: Nyu-York shahrida o’tkaziladigan tadbirda ishtirok etish uchun safar va turar-joy xarajatlari qoplanadi. To'liq ma'lumotlar shu yerda.