Qayerda: Shvetsiya
Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 15-yanvar
Kim uchun: Balakavr diplomiga hamda 2 yillik tajribaga ega bo’lganlar
Grant miqdori: To’liq qoplanadi
Dastur davomiyligi: 2 yil
Umumiy ma’lumot:
Shvetsiya Instituti tashkiloti hamda Shvetsiya elchixonasi hamkorlikda Shvetsiya davlati grant dasturini taklif qiladi. Dastur Shvetsiya Insituti tashkiloti tomonidan qoplanadi va talabalar Shvetsiyadagi turli universitetlarda o’z sohalari bo’yicha magistraturada o’qish yo’nalishlarini tanlashi mumkin.
Dasturdan maqsad rivojlanayotgan davlatlarda ochlikning oldini olish va jamiyatda iqtisodiy yuksalishga erishish. Dasturda ishtirok etgan talabalar o’z davlatlarida jamiyat hayotida faol ishtirok etib, iqtisodiy va ijtimoiy o’sishga hamda taraqqiyotga hissa qo’shishi kutiladi.
Magistratura dasturi ikki yil davom etadi va dastur
ingliz tilida olib boriladi. Arizachilar dastur saytida berilgan Shvetsiyadagi universitetlar hamda ulardagi yo’nalishlarni tanlash imkoniga ega bo’ladi. Grant dasturi
SHU YERDA mavjud yo’nalishlar bo’yicha o’qish imkoniyatini taklif qiladi.
Kim uchun:
- Rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan arizachilar (O’zbekiston ham ro’yxatda bor);
- Bakalavr darajasiga ega;
- Magistratura dasturida to’liq shaklda o’qishni rejalashtirayotgan;
- Hujjat topshirayotgan sohasiga tegishli sohada kamida ikki yillik tajribaga ega (volontyorlik, amaliyot, yarim stavkada ishlash ham hisobga kiradi);
- Liderlik ko’nikmalariga ega;
- Muqaddam Shvetsiyada ikki yildan ortiq muddat yashamagan yoki Shvetsiya universitetlarida diplom olmagan arizachilar.
Grant miqdori:
- Universitetda o’qish xarajatlari;
- Yashash uchun oylik stipendiya (SEK 9000);
- Safar xarajatlari uchun bir marta to’lanadigan mablag’ (SEK 15000) dastur tomonidan qoplanadi.
To'liq ma'lumotlar bilan
shu yerda tanishishingiz mumkin.