Qayerda: Xitoy Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 1-oktabr Kim uchun:  18-28 yoshdagilar Grant miqdori: To’liq Umumiy ma’lumot: Shvarzmen Grant Dasturi Xitoyning Tsinghua universitetida bir yillik magistratura dasturiga grant imkoniyatlarini e’lon qiladi. O’qish 2016-yilning yozida boshlanadi va har yili 100 talabani qabul qiladi. Dastur butun dunyodan yoshlarni turli yo’nalishda magistraturada o’qitish bilan birga ularda liderlik sifatlarini rivojlantirishga urg’u beradi. Kim uchun:
  • Bakalavr diplomiga ega yoki 2016-yilning iyul oyigacha bakalavr diplomiga ega bo’ladigan talabalar;
  • Bakalavrni qaysi sohada o’qiganligi ahamiyatga ega emas;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalari (TOEFL yoki IELTS);
  • 2016-yilning 30-iyuniga qadar kamida 18 yoshga to’lgan va 28 yoshdan oshmaganlar ariza topshirishi mumkin.
Batafsil ma'lumotlar bu yerda