O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan Yaponiyada (Aichi va Oita prefekturalarida) mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni xohovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga qabul qilish e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hamda Yaponiyaning Uno korporatsiyasi Yaponiyada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini gul va sabzavotlar yetishtiruvchi ishchi sifatida Yaponiyada ishlash uchun ishga qabul qiladi.

Ishchi uchun qo‘yilgan talablar:

  • Yaponiyada ishlamoqchi bo‘lgan nomzod ayol bo’lishi lozim (ushbu ish erkaklar uchun mo’ljallanmagan);
  • Nomzod O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim;
  • Nomzod 20 yoshdan kichik bo‘lmasligi, shungdek, 28 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim;
  • Nomzod yapon tilini muloqot qila oladigan (boshlang‘ich) darajada bilishi lozim.

Ish haqi:

Aichi prefekturasida ishlovchilar uchun soatiga 845 yen (bugungi kur bo‘yicha 7 dollar 61 sent) ni, Oita prefekturasida ishlovchilar uchun esa soatiga 715 yen (6 dollar 44 sent) ni tashkil etadi.

Ish tartibi:

  1. Kuniga 8 soat. Haftasiga 2 kun dam olish.
  2. Kuniga 7.5 soat. Haftasiga 1 kun dam olish.
  3. Ish vaqtidan tashqari ish uchun soatlik ish haqi 1.25 foiz miqdoriga ko‘proq to‘lanadi.

Mehnat shartlari:

Ish beruvchi alohida fermerlik firmasi hisoblanadi. Ishchi firmaga ishga kirganda Yaponiya qonunchiligida belgilanga tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi lozim. Ish sezoni (bahor va yoz) davrida ish erta boshlanadi. Mehnat shartnomasi muddati ishga qabul qilingandan boshlab 3 yilni tashkil etadi. Kvartira ijarasi, suv, elektr energiyasi, oziq-ovqat xarajatlarni ishchining o‘zi to‘laydi. Ushbu xarajatlar oyiga o‘rtacha 40.000 yen (360 AQSh dollari) ni tashkil etadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xorijga ishlash uchun borayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o’sha davlat tilini mehnat funksiyalarini bajarish yuzasidan muloqot qila oladigan darajada bilishi, ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalaridan xabardor bo‘lishini ta’minlash, xorijlik ish beruvchilar tomonidan taklif etilayotgan ishni bajarish uchun sog’liq jihatidan to‘la mos kelishini aniqlashtirish yuzasidan kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan.

Toshkentda yuqorida ta’kidlanganlar yuzasidan ta’lim olish oyiga 666 000 so‘mni (turar joy ham ichida), maxsus ish formasi uchun to‘lanadigan so‘mma 142 000 so‘mni, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xarajatlari 140 300 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, Agentlik xarajatlari yuzasidan to‘lanishi kerak bo‘lgan so‘mma, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan eng kam oylik ish haqining 4 baravari qilib belgilangan.

Yuqorida sanab o‘tilgan xarajatlar ishchining bir oylik ish haqining 15-20 foizini tashlik etadi. Boshqa hech qanday xarajatlar mavjud emas. Firibgarlar qo‘liga tushib qolmang!

Ushbu sohada ishlash xohishi bor fuqarolar qo‘shimcha ma’lumot uchun Agentlikning Toshkentdagi telefon raqamlariga (+998 71 202 33 44, +998 71 202 33 55, +998 71 202 33 66, +998 71 202 33 88, +998 71 202 33 99) shuningdek, Agentlikning joylardagi bo’‘imlariga murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil ma’lulumot bilan SHU YERDA tanishing.