Qayerda: Yaponiya
Kim uchun: Bakalavriatning 3-kursida yoki magistraturaning 1-kursida tahsil olayotgan talabalar uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 1-fevralidan 28-fevraligacha
Umumiy ma’lumot: Yaponiyaning National Institute of Genetics ta’lim muassasasi bakalavriat yoki magistraturaning o’quv yilidan bir yil oldingi o’quv yilida tahsil olayotgan talabalarini 6 haftalik stajirovkaga taklif etadi.
Stajirovka sohasi: Stajirovka genetika va «Life Sciences» sohasida olib boriladi («Life Sciences»ga biologiya, anatomiya, tibbiyot, kardiologiya va boshqa fanlar kiradi. Ushbu sohaga kiruvchi fanlarning to’liq ro’yxati bilan SHU YERDA tanishing).
Iqtisodiy ta’minot: Ushbu stajirovkaga qatnashish huquqini qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Yaponiyaga borish va kelish uchun aviachipta bilan ta’minlanadi;
- Turar joy bilan ta’minlanadi;
- Oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;
- Sayohat sug’urtasi (Travel insurance) xarajatlari qoplanadi;
- Tadqiqotni muvaffaqiyatli tugatganlar sertifikat bilan taqdirlanadi.
Nomzodga qo’yilgan talablar:
- Nomzod bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi o’quv yilidan oldingi o’quv yilida tahsil olayotgan bo’lishi lozim (4 yillik bakalavriatda 3-kurs, 2 yillik magistraturada 1-kurs);
- Nomzod «Life Sciences» fanlaridan birini o’rganayotgan bo’lishi lozim;
- Nomzodda kelajakda National Institute of Genetics ta’lim muassasasida PhD bosqichida o’qish niyati bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS/TOEFL so’ralishi mumkin). Shuningdek, yapon tilini bilish ham rag’batlantiriladi.
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:
- Motivatsiya xati (Letter of Motivation);
- CV;
- Fanlardan olgan baholarining nusxasi;
- Ilmiy rahbar yoki o’qituvchilardan ikkita tavsiyanoma.
Hujjat topshirish jarayoni: Hujjatlar maxsus onlayn tizim orqali topshiriladi, email orqali yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi. Onlayn tarzda ariza va hujjatlarni SHU YERDA topshiring.
Eslatma: Hujjat topshirish joriy yilning 1-fevralida boshlanadi, hozirda hujjat qabul qilish boshlanmagan.
Stajirovkaga qabul qilinganlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Nigintern stajirovka jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish;
- Starjirovka dasturlariga to’liq qatnashish (haftasiga 5 kun);
- Stajirovka yuzasidan dastur yakunida og’zaki prezentatsiya qilish;
- Stajirovka oxirida insho yozib topshirish va so’rovnomaga javob berish.jarayoniga
Stajirovkaga qabul qilingan nozmodar ro’yxati 2018-yilning 30-martida e’lon qilinadi. Stajirovka esa 2018-yilning 29-avgustida boshalandi.
Batafsil SHU YERDA tanishing.