Qayerda: Niderlandiya
Kim uchun: Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Hujjat topshirish muddati: 2018-yilning 15-yanvarigacha
Umumiy ma’lumot: Niderlandiyaning Amsterdam unversiteti “Amsterdam Excellence Scholarship” stipendiyali dasturini e’lon qilda. Ushbu dastur iqtidorli talabalarni Amsterdam universitetida magistrlik darajasini olish uchun o’qishi davomida iqtisodiy qo’llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
O’qish sohalari: Nomzodlar Amsterdam universitetida ingliz tilida o’qitiladigan magistrlik yo’nalishlaridan birini tanlashi mumkin. Ingliz tilida o’qitiladigan sohalar quiydagilar:
• Child Development and Education
• Communication
• Economics and Business
• Humanities
• Law
• Psychology
• Science
• Social Sciences
Iqtisodiy ta’minot: Stipendiyani qo’lga kiritgan talabalargaga bir o’quv yili uchun ta’lim puli (tuition fee) to’liq to’lab beriladi hamda Niderlandiyada yashash uchun yetarli bo’lgan stipendiya bilan ta’minlanadi. Birinchi o’quv yilini a’lo natijalarga bitirgan talabalar ikkinchi o’quv yilida ham xuddi shunday ta’minot bilan ta’minlanishi mumkin.
Nomzodga qo’yilgan talablar:
- Nomzod bakalavrlik bosqichida eng yaxshi 10 foiz talabalar orasida bo’lishi lozim.
- Nomzod Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlat fuqarosi bo’lishi lozim.
- TOEFL (kamida 100 ball va hech qaysi bo’limdan 22 balldan past bo’lmasligi kerak) yoki IELTS (7 ball va hech qaysi bo’limdan 7 balldan past bo’lmasligi kerak) sertifikatiga ega bo’lishi lozim. Bakalavrlik darajasini ingliz tilida o’qiganlar bundan mustasno.
- Qo’shimcha (darsdan tashqari) mashg’ulotlarga a’zo bo’lishi/qatnashgan bo’lishi lozim (masalan, talabalar ittifoqi, xalqaro tajriba, musiqa yoki sport turlarida yuqori darajada bo’lishi, volontyorlik ishi va hk).
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:
- Motaivatsiya xati (maksimum 500 so’zdan iborat). Xatda tanlangan magistrlik yo’nalishini nega tanlaganingiz va kelajakdagi karyerangizda ushbu darajada qanchalik ahamiyatli ekanini yoritib berishingiz kerak.
- Tavsiyanoma. Tavsiyanoma dekan, ilmiy rahbar yoki o’qituvchi tomonidan yozilishi kerak. Shunngdek tavsiyanomada siz eng yaxshi 10 foiz talabalar orasiga kirishingiz ko’rsatilishi.
- Darsdan tashqari mashg’ulotlar haqida qisqacha izoh. Bunda hozirda a’zo bo’lgan yoli avval a’zo bo’lgan mashg’ulot/volontyorlik ishlari/harakat haqida hamda unda nimalar qilganligingiz to’g’risida yozishingiz kerak.
- CV.
Barcha hujjatlar tayyorlab bo’lingandan so’ng internationaloffice@amc.uva.nl elektron manziliga yuborilishi lozm.
Eslatma: Ushbu dasturga hujjat topshirish uchun nomzod Amsterdam universiteti magistraturasiga ham qabul qilinishi kerak. Magistraturada boshqa turdagi hujjatlar so’ralishi mumkin.
Batafsil SHU YERDA tanishing.

