
«Megabyte» jurnali «Eng yaxshi maqola» tanlovini o‘tkazadi!
Maqsad: informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi pedagog kadrlarning o‘z ustlarida ishlashlarini rag‘batlantirish, o‘zaro bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishlariga ko‘maklashish va yosh pedagog kadrlarning iqtidorlarini keng namoyish etish.
Hamkorlar: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari.
Tanlovga quyidagi mavzulardagi maqolalar qabul qilinadi:
• Kompyuter: texnika va dasturlar;
• Internet: ishlash prinsipi, foydalanish (axborot) xavfsizligi va madaniyati;
• Uyali aloqa: ishlash prinsipi, mobil ilovalar va mobil telefonlar;
• Hi-tech: yuksak texnologiyalar, robototexnika.
Maqolalar avvalda hech qayerda chop etilmagan bo‘lishi lozim.
Maqolalar 2015- yil 1- yanvaridan 30- noyabriga qadar qabul qilinadi.
Taqdim etilgan maqolalar megabyte.uz saytida chop etib boriladi. Har oyning eng yaxshi maqolasi «Megabyte» jurnalida nashr etiladi.
G‘oliblar jurnalning 2015- yil 12- (dekabr) sonida e’lon qilinadi.
Baholash mezonlari:
• mavzuning ahamiyatliligi;
• ilmiy-amaliy salmog‘i;
• bayon etishning ravonligi;
• mavzuning to‘liq ochib berilganligi;
• o‘quvchilar uchun qiziqarliligi (o‘qishlilik – saytdagi maqola chop etilgan sahifaga tashrif buyuruvchilar soniga qarab aniqlanadi).
Mukofot jamg‘armasi: 1 000 000 so‘m, shundan:
1- o‘rin uchun – 500 000 so‘m;
2- o‘rin uchun – 300 000 so‘m;
3- o‘rin uchun – 200 000 so‘m.
Shuningdek, g‘oliblar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi diplomlari bilan taqdirlanadilar.
Batafsil