Qayerda: Toshkent.
Kim uchun: Barcha uchun.
Ijodiy ishlar topshirish muhlati: 2017-yilning 30-dekabrgacha.
Grant turi: Tanlov.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda: Xorazm viloyat musiqali drama teatrining repurtuarini shakllantirish, teatr sahnasida zamonamiz qahramonlari obrazini aks ettirish maqsadida sahna asarlari tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga g‘oyaviy-badiiy, milliy va umuminsoniy tamoyillarga asoslangan, sahna va dramaturgiya talablariga javob beradigan, muqaddam sahnalashtirilmagan dramatik asarlar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan asar yo‘nalishlari:
- yurtimizda yetishib chiqqan ulug‘ allomalar, tarixiy shaxslar, shuningdek Xorazm diyorida yashab ijod etgan buyuk shaxslar, davlat va jamoat arboblari, o‘tmishda sezilarli iz qoldirgan tarixiy voqea-hodisalarga bag‘ishlangan TARIXIY asarlar;
- davr ruhiyati, bugungi kun muammo va yutuqlari, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar aks etgan, zamondosh va zamon qahramonlari siymosi yoritilgan ZAMONAVIY asarlar;
- g‘oyaviy-badiiy jihatdan tugal, muqaddam tarjima qilinmagan, jahon dramaturgiyasining klassik va zamonaviy namunalari, dunyo va milliy adabiyotdagi asarlar TARJIMASI hamda INSSENIROVKASI;
- BOLALAR UCHUN MO‘LJALLANGAN dramatik asarlar.
Yuboriladigan asarlarga qo‘yiladigan talablar: Asarlar o‘zbek tilida yozilgan bo‘lishi, 3 nusxada (elektron variant bilan), A4 kattalikdagi qog‘ozga, 1,5 intervalda ko‘chirilgan, 14 kegel kattalikda va 30 – 40 sahifadan ortmagan bo‘lishi lozim.
Tanlov g‘oliblari 4 ta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi tartibda mukofotlanadi:
- 1-o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha 4 ta) eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida;
- 2-o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha 4 ta) eng kam oylik ish haqining 80 barobari miqdorida;
- 3-o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha 4 ta) eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida;
Tanlovga yoshidan qat’iy nazar, barcha ijodkorlar istalgan janrdagi asarlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, tanlovga mualliflar 3 tagacha asar taqdim qilish huquqiga ega. Ijodiy ishlar joriy yilning 30-dekabriga qadar repertuar@umail.uz elektron manzilida qabul qilinadi.
Sizni qiziqtirgan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlarni (71)239-49-01; (71) 239-43-73 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.
Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi.