Qayerda: O‘zbekiston.
Kim uchun: Barcha uchun.
Ariza topshirish muhlati: 20-iyul 2017-yilgacha.
Grant turi: Tanlov.
Joriy yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashkilot logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Mazkur tanlovda proffesional reklama kompaniyalari, agentliklar, talabalar va barcha soha qiziquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Logotipga qo‘yiladigan talablar:
- Logotip va uning 3 tildagi (o‘zbek, ingliz, rus) ta’rifi keltirilgan matn;
- Grafik shakldagi fayl va bog‘lanish uchun (tel. raqam, elektron pochta) qisqacha ma’lumotnoma;
Logotipni baholash mezonlari:
- Tashkilot falsafasi, missiyasi va qadriyatlarini aks ettirishi;
- Logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;
- Logotip bosma va nobosma meteriallar, brendlashtirilgan mahsulot hamda korporativ sovg‘alarga moslashuvchanligi;
- Logotipning ijodiyligi va betakrorligi;
Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va internet foydalanuvchilari orasida ovozga qo‘yadi. Ovozga qo‘yish natijalari hamda tanlov komissiyasining yakuniy xulosasi asosida g‘olib aniqlanib, uning nomi tashkilotning rasmiy sayti www.yoshlarittifoqi.uz da e’lon qilinadi. G‘olib O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tayyorlangan logotipni shu yilning 20-iyul sanasidan kechiktirmagan holda logoittifoq@umail.uz elektron manzili yoki quyidagi manzilga yuboriladi: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 11-uy.
Sizni qiziqtirgan boshqa savollarga (0371) 241-02-72 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.