Qayerda: Vashington (AQSh)
Kim uchun: yuridik sohada oliy ma’lumotga ega barcha
Ariza topshirishning so’nggi muhlati: 2018-yil 1-fevral ( har yili o’tkaziladi)
Umumiy ma’lumot: Inson huquqlari va gumanitar huquq akademiyasi (Academy on Human Rights and Humanitarian Law) barchani 2018-yilgi insholar tanloviga taklif etadi. Mavzu: «Gender zo’ravonligi va xalqaro inson huquqlari». Ushbu tanlov har yili o’tkaziladi va Inson huquqlari va gumanitar huquq akademiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Tanlovdan ko’zda tutilgan maqsad: Xalqaro inson huquqlari sohasida ilmiy ishlar va materiallar yozilishini qo’llab-quvvatlashdir. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod Akademiya tomonidan ko’rsatilgan mavzuda ilmiy insho, maqola yozishi lozim.
G’olib bo’lganlar uchun grant quyidagiilarni o’z ichiga oladi:
- Inson huquqlari va Gumanitar huquq dasturida ta’lim olish uchun to’liq to’lov-kontrakt pulini qoplab berish;
- Vashingtonga borish-kelish bo’yicha safar xarajatlari;
- Universitetda bepul yotoqxona;
- Yashash xarajatlari uchun kichik to’lovlar
Eng yaxshi insholar akademiyaning “American University International Law Review” jurnalida chop etiladi.
Ariza topshirish tartibi: Tanlovda ishtirok etish uchun nozmod SHU YERDA o’zining inshosini elektron tarzda yuborishi talab qilinadi. Insho bilan birgalikda nomzodning qisqa shaklda yozilgan va unda o’zining inson huquqlariga bo’lgan qiziqishini aks ettiradigan resume ham yuborilishi kerak. Rezyume alohida fayl ko’rinishida jo’natilishi maqsadga muvofiq.
Batafsil ma’lumot uchun rasmiy vebsaytga – SHU YERGA tashrif buyuring.