Qayerda: Xitoy, Pekin
Kim uchun: Bakalavr bosqichini tugatganlar (tugatayotganlar) uchun
Ariza topshirish muddati: 2017-yilning 28-sentabrigacha
Umumiy ma’lumot:
Xitoy Xalq Respublikasi sarmoyasi 450 million AQSh dollari miqdoriga teng bo’lgan “Schwarzman Scholars” stipendiya dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur global liderlarning keyingi avlodini shaknllantirish maqsadida tashkil etilgan. Dastur dunyoning eng iqtidorli va intiluvchan talabalariga Xitoyning eng nufuzli universtitetaridan biri – Tsinghua universitetida 1 yillik magistratura bosqichida o’qish orqali, o’z liderlik mahoratini va kasbiy faoliyat doirasini kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi.
Magistratura fakultet (yo’nalish) lari:
- Davlat boshqaruvi (Public Policy);
- Iqtisod va biznes (Economics and Business);
- Xalqaro aloqalar (International Studies).
Iqtisodiy ta’minoti:
“Schwarzman Scholar” dasturiga qabul qilingan talabalar quyidagi iqtisodiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:
- Kontrakt puli.
- Turar joy va oziq-ovqat.
- Dastur boshlanishi va tugashida Pekin kelish hamda ketish xarajatlari.
- Mamlakat ichidagi tadqiqot turi va uning xarajatlari.
- Kerakli kitoblar va boshqa materiallar.
- Lenovo notebooki va smartfoni.
- Sog’liq sug’urtasi.
- Har oy 3500 AQSh dollari miqdoridagi stipendiya.
Dasturda ishtirol etish uchun qo’yilgan talablar:
- Bakalavr diplomi yoki unga ekvivalent bo’lgan oliy ta’lim muassasasi diplomi/sertifikati. Kandidat 2018-yilning 1-avgustigacha yuqorida ta’kidlangan hujjatni qo’lga kiritgan bo’lishi kerak.
- Belgilangan yosh. Kandidat 2018-yilning 1-avgusti holatida 18 yoshdan kichik va 29 yoshdan katta bo’lmasligi lozim.
- Ingliz tilini bilish darajasi. Kandidat ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi, o’z fikrini tiniq ifodalay olishi lozim. Ona tilisi ingliz tili bo’lmagan kandidatlardan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat taqdim etishlari so’raladi (TOEFL PBT – 600, TOEFL iBT – 100 yoki IELTS – 7).
- Oilaviy holat. Oila qurgan va qurmagan kandidatlar dasturda qatnashishda bir xil huquqqa ega. Oilali kandidat, stipendiyani yutsa, o’zi bilan oila a’zolarini Pekinga olib borishi mumkin. Lekin talaba yotoqxonada yashashi lozim, oila a’zolari esa yotoqxonada yashashi mumkin emas. Shu sababli, ularning yashash joyi uchun xarajatlar talabaning o’zi tomonidan qoplanadi.
- O’rtacha o’zlashtirish darajasi (GPA). O’rtacha o’zlashtirish darajasining a’lo bo’lishi kandidatga dasturni qo’lga kiritishda yordam berishi mumkin. Lekin dasturga hujjat topshirish uchun o’rtacha o’zlashtirish darajasining belgilangan minimumi mavjud emas va o’z qobiliyatini namoyish eta oladigan talabalar, o’rtacha o’zlashtirish darajasi qanday bo’lishidan qat’i azar, dasturda qatnashish imkonini qo’lga kiritishi mumkin.
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar va boshqa materiallar
Quyidagilar ilova qilingan holda online ariza topshirilishi lozim:
- Universitetda o’tilgan fanlar va ulardan olingan baholar ro’yxati (ingliz tilida).
- To’rtta tavsiyanoma (elektron shaklda).
- Video. Kandidat o’zini tanishtirgan 1 minutdan va 20 MB dan oshmagan videoni topshirishi mumkin. Video topshirish majburiy emas, lekin topshirish tavsiya etiladi.
- 3 ta insho. Birinchi insho – shaxsiy bayonot (750 ta so’zdan oshmasligi lozim). Unda kandidat dasturda qatnashish orqali nimalarni o’rganish va qo’lga kiritishni rejalashtirgani, dastur tugaganidan keyin 1-3 yillik muddatda nima qilishni mo’ljallagani, “Schwarzman Scholars” jamiyatiga o’zining qaysi xislatlari bilan hissa qo’sha olishini ifodalaydi. Ikkinchi insho – liderlik inshosi (750 ta so’zdan oshmasligi lozim). Bunda kandidat o’zi tomonidan amalga oshirilgan liderlik harakatlarini ifodalab beradi. Uchinchi insho hozirda ro’y berayotgan jarayonlar haqida (500 ta so’zdan oshmasligi lozim). Ijtimoiy, biznes, diplomatiya, san’at, siyosat va boshqa istalgan yo’nalishda hozirgi davrda ro’y berayotgan biror jarayon tanlanib, uning sabablari, tahlili va u bilan bog’liq real fikrlar ifodalanadi.
- Rezume/CV (Ikki betdan oshmasligi kerak).
Hujjatlar bo’yicha ko’rsatmalarni SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.
Tanlov bosqichlari:
- Xitoy fuqarosi bo’lmagan kandidatlar 2017-yilning 28-sentabrigacha hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.
- Tanlovning final bosqichiga chiqqanlar ro’yxati 2017-uilning oktabr oyi o’rtalarida e’lon qilinadi va ular yuzma-yuz suhbatga chaqiriladi.
- Yakuniy natijalar va dasturni qo’lga kiritgan kandidatlar ro’yxati 2017-yilning noyabr oyi o’rtalarigacha e’lon qilinadi.
Batafsil: SHU YERDA tanishing.