Hurmatli oliy o‘quv yurti talabalari, kollej va litsey o‘quvchilari!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va “Toshrangmetzavod” AJ tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan “Biz bilan ozoda kelajak sari” I-Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.
Agar sizni chiqindilar bilan ishlash sohasida ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhit muhofazasi, noqonuniy chiqindixonalar va chiqindilarning ko‘payishi, ularning atrof-muhit hamda inson salomatligiga ta’siri qiziqtirsa, fuqarolarni chiqindilarni alohida yig‘ishga va qayta ishlashga chaqirishga g‘oyangiz bo‘lsa, elektron chiqindilar ham to‘g‘ri utilizatsiyaga muhtoj bo‘lishini bilsangiz, unda mazkur ko‘rik-tanlovga marhamat qiling!
Ko‘rik-tanlov talabnomasini to‘ldiring, sizni qiziqtirayotgan ijtimoiy-ekologik mavzularda 3 daqiqagacha bo‘lgan videorolikni suratga oling yoki CorelDRAW va Photoshop formatida poster tayyorlang (posterning hajmi 2000x4000 piksel, fayl hajmi esa 3-4 MBdan oshmasligi kerak) va joriy yilning 5-apreliga qadar zero_waste@uznature.uz elektron manziliga yuboring va tanlov g‘olibiga aylaning.
“Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi poster” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov sovrinlari quyidagicha:
1-o‘rin. “Artel” televizori
2-o‘rin. “Artel” gaz plitasi
3-o‘rin. Uyali aloqa vositasi
Ko‘rik-tanlov haqidagi batafsil ma’lumot “Biz bilan ozoda kelajak sari” Nizomi”da keltirib o‘tilgan. Nizom hamda talabnoma e’lonning pastki qismiga joylashtirilgan bo‘lib, uni yuklab olishingiz mumkin.
Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalari joriy yilning 22-aprelida bo‘lib o‘tadi.
P.s. Yuborilgan ijodiy ishlar tijorat maqsadlarisiz Internet tarmog‘i, ma’lumotlar maydonchalariga (bannerlar, informatsion doskalar, ko‘chalardagi ovozli va video reklamalar, transport, metro va h.k.) joylashtirilishi mumkin.
“Biz bilan ozoda kelajak sari” I-Respublika ko‘rik-tanlovi nizomi
“Biz bilan ozoda kelajak sari!” Respublika ko‘rik-tanlovi talabnomasi (Eng yaxshi poster )
“Biz bilan ozoda kelajak sari” I-Respublika ko‘rik-tanlovi talabnomasi (Eng yaxshi videorolik)
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Axborot xizmati