Qayerda: O’zbekiston

Ariza topshirish muhlati: 2017-yil dekabr

Kim uchun: Yuridik ixtisoslik bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar

Umumiy ma’lumot: 

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va “Advokat” ilmiy-ommabop, ijtimoiy-huquqiy jurnali Respublika oliy o‘quv yurtlarida yuridik ixtisoslik bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarini “Eng yaxshi maqola” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi.

Hakamlar hay’ati tomonidan saralab olingan uch maqola mualliflariga quyidagi sovrinlar taqdim etiladi:

  • Birinchi o‘rin – planshet;
  • Ikkinchi o‘rin – raqamli fotoapparat;
  • Uchinchi o‘rin – “Advokat” ilmiy-ommabop, ijtimoiy-huquqiy jurnaliga yillik obuna.

Tanlov talabgorlarining 2017 yil davomida “Advokat” jurnali (1 6 sonlar)da e’lon qilinadigan rus va o‘zbek tilidagi maqolalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Maqolalarni qabul qilish 2017 yil yanvaridan boshlanadi va dekabr oyining birinchi haftasiga qadar davom etadi. Tanlovga yuborilgan materiallar ilgari bosma OAVda chop etilmagan mualliflik materiallari bo‘lishi hamda ularga ilmiy rahbar taqrizi ilova qilinishi lozim.

Barcha maqolalar advokatmedia@mail.ru elektron pochta manziliga “Tanlov uchun” mavzusi ostida yuboriladi.

Murojaat uchun: +(99871)230 25-51,  mobil: +(99893)388 98-58.