Qayerda: Germaniya
Ariza topshirish muhlati: 2017-yilning 31-martigacha
Kim uchun: xalqaro talabalar
Grant miqdori: 1. To’liq shakldagi grant o’z ichiga oladi:
- yo’l xarajatlari
- turar joy
- asosiy oziq-ovqat ta’minoti
To’liq shakldagi grantlar faqat Gvatemala, Polsha, Chexiya va boshqa sharqiy Yevropa davlatlarida yashovchilar uchun
- Yuqoridagi davlatlar safiga kirmaydigan davlatlar talabalari uchun homiylik grantlari taklf qilinadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- turar joy
- asosiy oziq-ovqat ta’minoti
Grant turi:
- Bakalavr uchun;
- Magistratura uchun;
- Doktorantura talabalari uchun
Yuqorida ko’rsatilgan barcha harajatlar DAAD(German Academic Exchange Service), ya’ni Germaniya Talabalar Almashinuvi xizmati tomonidan ta’minlanadi
Umumiy ma’lumot:
Germaniyaning Vurzburg Universiteti DAAD homiyligida yozgi o’quv kurslari uchun grantlar taklif qiladi.
Yozgi maktab informatika va aerokosmik texnologiyalar yoki shunga bog’liq boshqa yo’nalishlarda ta’lim oluvchi talabalar uchun. Qatnashchilar kosmik kema dizayni, kosmik apparatlar va ularga bog’liq dasturiy ta’minot haqida ham kengroq ma’lumotga ega bo’lishadi. Kurs mobaynidagi ma’ruzalar kosmik kema dizayni, kosmosga uchish tarixi, kosmik muhit, fazo dinamikasi, sun’iy yo’ldoshda issiqlik boshqaruvi, telekommunikatsiya, kemani boshqarish strukturasi, ishlash tarzi, quvvat tizimi va boshqa mavzularni qamrab oladi.
Qatnashuvchilardan quyidagilar talab qilinadi:
- aerokosmik texnologiya, informatika va injeneriya yo’nalishlarida o’qiydigan
- texnika va matematika fanlaridan yaxshi bilimga ega bo’lish
Kim uchun:
Aerokosmonavtika sohasidagi bilimlarini oshirmoqchi bo’lgan xalqaro talabalar ushbu grantga ega bo’la oladi. Magistratura va doktoranturada o’quvchilar birinchi navbatda qabul qilinadi. Lekin bakalavrda o’quvchi ilg’or talabalar ham ushbu grantlarni yutib olish imkoniyatiga ega.
Eslatma: ushbu dasturda oldingi yillarda qatnashgan talabalar 2-marotaba qabul qilinmaydi.
Hujjat topshirish tartibi:
Arizalarni topshirish va qabul qilish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
- Arizalar to’liq holda anketa bilan birgalikda ushbu manzilga jo’natiladi:
ziegler@informatik.uni-wurzburg.de
- Arizalar Wurzburg Universiteti tomonidan ko’rib chiqiladi va natijalar nomzodlarga 2017-yilning 21-apreligacha jo’natiladi.
- Arizasi qabul qilingan nomzodlar talab qilingan registratsiya formasini qabul uchun kerakli barcha ma’lumotlar bilan birgalikda jo’natadilar. Shundan so’ng ular uchun turar joy tashkillashtiriladi.
- Registratsiya yakunlangach, yo’l va turar joy haqida ma’lumot qatnashchiga jo’natiladi.
Qatnashchi tomonidan to’lanadigan 275 € ga teng to’lov ham belgilangan bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-Universitetga abul
-o’quv materiallari
-mahalliy avtobus transporti
-2 ta ekskursiya uchun transport va joylarga kirish
Ariza kurs web-saytining o’zidayoq to’ldiriladi va unda qatnashchi haqidagi kerakli ma’lumotlar so’raladi. Ariza bilan birgalikda motivatsion xat ham yoziladi. Motivatsion xat arizangizning qabul qilinishiga eng katta ta’sir ko’rsatuvchi hujjatligini unutmang.
Foydali hujjatlar:
Batafsil ma’lumot uchun SHU YERDA.
Bog’lanish uchun:
Tashkilot: Department of computer science of the University of Würzburg
Prof. Sergio Montenegro, Chair of Aerospace Information Technology
Prof. Klaus Schilling, Chair of Computer Science VII
Pochta ma’lumotlari: Universität Würzburg Informatik VII
Dieter Ziegler
Am Hubland
97074 Würzburg
Tel. +49 (0) 9 31-3 18 67 18
E-Mail: Ziegler@informatik.uni-wuerzburg.de