"Yil o`qituvchisi" tanlovi mamlakatimizda tizimdagi eng fidoyi, o`z kasbining ustasi bo`lgan peadgoglarni aniqlab beruvchi asosiy ko`rik-tanlovdir. Vazirlik tizimida faoliyat ko`rsatayotgan ustoz va murabbiylar orasida tashabbuskor, doimiy yangilikka intiluvchi, ilg`or tajribali o`qituvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida har yili an'anaviy ravishda "Yil o`qituvchisi" ko`rik-tanlovi o`tkazib kelinadi.  Tanlovning bu yilgi respublika bosqichi Toshkent shahrida o`tkazildi. Unda Qoraqapog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi. Ko`rik-tanlov bir bosqichda, 4 ta turda o`tkazildi. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Bibisora Hasanova O‘zbekistonning 2010 yildagi eng yaxshi pedagogi, deb topildi. G`olibga Xalq ta'limi vazirligining diplomi va eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida pul mukofoti hamda Respublika ta'lim markazining bir yillik "Jamoa metodisti" statusi berildi.