Qayerda: Bishkek, Qirg’iziston.
Kim uchun: YXHT a’zosi bo’lgan davlatlarda yashovchi bakalavr darajasiga ega talabalar.
Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 15-aprel
Taklif qilinayotgan dasturlar: 1. Siyosat va xavfsizlik(Markaziy Osiyoda) magistri
- Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish magistri
Grant miqdori: faqat to’liq va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ta’lim to’lovini bekor qilish
- har oy 180 € stipendiya
- turar joy uchun(Bishkekda yashovchilar bundan mustasno) 120 € yordam
- Bishkek bo’ylab sayohat
- tibbiy yordam(Qirg’iziston fuqarosi bo’lmaganlar uchun)
- farzandlilar uchun yordam:har bir bolaga 1 oyda 15 €
- eng yaxshi talabalar uchun Yevropada stajirovka o’tash imkoniyati
Kim uchun: siyosat, xavfsizlik, xalqaro aloqalar, mojarolarni hal etish, xalqaro rivojlanish, iqtisodiyot va iqtisodiy boshqaruv sohalarida chuqur bilimga ega bo’lishni istovchi talabalar.
Bu yilgi dastur 2017-yilning 1-sentabridan boshlanadi.
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
*dasturga bog’liq yo’nalishda muvaffaqiyatli tamomlanganlikni bildiruvchi bakalavr diplomiga ega bo’lish
*ingliz tilini advanced (eng yuqori) darajasida bilish
*35 yoki undan kichik yoshda bo’lish
*Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston, O’zbekiston va Mongoliya davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi(YXHT ning boshqa a’zo davlatlari fuqarolari uchun o’rinlar cheklangan)
Hujjat topshirish uchun registratsiyadan o’tiladi va onlayn ariza to’ldiriladi:
Siyosat va xavfsizlik yo’nalishiga topshiruvchilar osce.embark.com/apply/politicsand security orqali,
Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish fakultetiga topshiruvchilar osce.embark.com/apply/governanceanddevelopment orqali ariza topshiradilar.
Agar sizni qiziqtiradigan qandaydir savollar bo’lsa, siyosat va xavfsizlik yo’nalishi uchun: MA-PS@osce-academy.net, Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish dasturi bo’yicha esa, MA-EGD@osce-academy.net manziliga yozing.
Batafsil ma’lumot: SHU YERDA