Qayerda: Bir qancha davlatlarda

Ariza topshirish muddati o’tgan: 2017-yil 25-yanvar

Kim uchun: Rivojlanayotgan davlatlarning magistratura va doktorantura talabalari

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Yaponiya va Jahon Banki guruhi bir qancha hamkor universitetlarda o’qish uchun arizalarni qabul qilmoqda. Dastur davomida magistr va doktorantlar o’qish muddati tugagach o’z yurtlariga qaytish shartti bilan to’liq bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Loyihaning ingliz tilidagi nomi: The  Joint Japan World Bank  Graduate Scholarship Program (JJ/WBGSP)

Grant turi:

  • Magistratura uchun;
  • Doktorantura uchun.

Kim uchun:

Ariza topshiruvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Jahon bankiga a’zo mamlakatning fuqarosi bo’lishi;
  • Rivojlanayotgan davlat fuqarosi bo’lishi va ikki fuqarolikka ega bo’lmasligi;
  • Ariza topshirish yakunlanadigan sanaga qadar 45 yoshga to’lmagan bo’lishi
  • Jahon bankida ishlamasligi, Jahon bankida ishlashdigan yaqin qarindoshlari bo’lmasligi;
  • Bakalavr diplomiga ega;
  • Bakalavr darajasini olgandan so’ng, 3 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan;
  • Grantning barcha shartlariga rozi bo’lishi;
  • Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etiladigan boshqa grantlarda qatnashmayotgan bo’lishi;

Grant miqdori:

Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Universitet joylashgan mamlakatdan o’z yurtingizga qadar samaliyot chiptasi narxini va har bir safar uchun qo’shimcha 500 AQSh dollari beriladi;
  • Universitetda o’qish uchun shartnoma puli to’liq qoplanadi;
  • Oylik stipendiya (Stipendiya miqdori mamlakatga qarab o’zgaradi)

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza to’ldirish uchun SHU YERDA ro’yxatdan o’tib, onlayn anketani to’ldirish lozim. Arizani bir vaqtning o’zida to’ldirish lozim, ya’ni keyinchalik o’zgartirishlar kirgizish uchun saqlab qo’yishga imkon yo’q.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA