Qayerda: Xitoy Xalq Respublikasi.
Kim uchun: Har xil.
Ariza topshirish muhlati: Universitet turiga qarab farqlanadi.
Grant turi: Stipendiya tariqasida.
Anhuy hukumati taqdim etayotgan Davlat stipendiyasi uchun hujjat qabul qilish boshlandi. Bu dastur bakalavr bosqichiga kirmoqchi bo‘lgan yoki Anhuy provinsiyasida bakalavr va aspiranturada o‘qiyotgan talabalarga stipendiya ajratadi.
Grant: Stipendiya universitet taklif qiladigan fanlarga beriladi.
Grant miqdori:
- Bakalavr darajasiga beriladigan stipendiya 20000 yuan / yillik
- Magistratura darajasiga beriladigan stipendiya 30000 yuan / yillik
- Doktorontura darajasiga beriladigan stipendiya 50000 yuan / yillik
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
- Nomzodlar Xitoy fuqarosi bo‘lmasligi va Xitoyga vizasi bo‘lishi lozim;
- Nomzodlar to‘liq hujjatlari, HSK sertifikatiga ham ega bo‘lishi kerak;
- Nomzodlar dasturning bakalavr bosqichida qatnashishlari uchun 28 yoshdan oshmagan, o‘rta maktabni bitirganlik shahodatnomasiga ega bo‘lishi kerak;
- Nomzodlar dasturning magistratura bosqichida qatnashishlari uchun 40 yoshdan oshmagan, bakalavr darajasiga ega bo‘lishi va soha professorlarining 2 ta yozma tavsiyanomasini taqdim etishi kerak;
- Nomzodlar dasturning doktorontura bosqichida qatnashishlari uchun 45 yoshdan oshmagan, magistr darajasiga ega bo‘lishi va soha professori yoki dotsentlarining 2 ta yozma tavsiyanomasini taqdim etishi kerak;
- Nomzodlar Xitoy qonunlariga va qoidalariga, shuningdek maktab kun tartibiga rioya qilishi hamda yaxshigina akademik chiqish qilishi shart.
Hujjat topshirish tartibi:
Chet el talabalaridan stipendiya olish uchun talab etiladi:
- Pasport nusxasi;
- Notarius tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma yoki diplom;
- O’zlashtirilgan fanlarning baholaridan ko’chirma;
- Tavsiyanomaning yozma orginal nusxasi.
To’liq ma’lumot uchun: SHU YERDA