Qayerda: Qozog‘iston. (shuningdek dastur doirasida Markaziy Osiyo davlatlari Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonga xizmat safarlari bilan tashriflari mavjud)
Ariza topshirish muddati: yil bo‘yi, arizalarni qabul qilish 2017-yil apreldan boshlanadi.
Kim uchun: axborot tashkilotlari, universitetlar, axborot tashkilotlari va texnologiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalari a’zolari.
Grant miqdori: Loyiha davrida, ishtirokchining birlashma ishi bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar qoplanadi hamda gonorar ajratiladi. Shuningdek ishtirokchi o‘z vatanida sog‘liq sug‘urtasi va xorijiy mamlakatga chiqish muddati uchun favqulotda xolatlar harajatlari qoplanadi.
Grant turi: Media loyixalarini dasturlash
Umumiy ma’lumot:
Knight xalqaro jurnalistika birlashmasining maqsadi axborot innovatsiya madaniyatini shakllantirish va dunyo bo‘ylab tajriba amaliyotini targ‘ib etish. Asosiy maqsadi yangi g‘oyalarni va xizmatlar qamrovini oshirish, yangiliklarni yetkazishni kengaytirish, hamda fuqarolarni tahrir jarayoniga jalb etishdan iborat.
Sheriklar moliyaviy ta’minot yoki boshqa odamni ta’minlagan holda o‘zaro hamkorlikka foyda keltirishga qodir bo‘lishi kerak.
Loyiha ishtirokchilari(Fellows) quyidagi asosiy yo‘nalishlarda ish olib boradilar:
- mobil xizmat;
- axborot saqlash;
- hikoyanavislik;
- ijtimoiy mediya (axborot vositalari).
Loyiha ishtirokchilari yordamida mahaliy jurnalistlar atrof muhit, tadbirkorlik, sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirishga hamda korrupsiyani va qoniqarsiz boshqaruvni fosh etishga, natijada o‘z jamiyatlarini yashash sharoitlarini rivojlantirishga muvaffaq bo‘lishadi. Har bir loyiha ta’sir doirasi va muvaffaqiyat loyiha nihoyasiga yetganidan so‘ng ham davom etishini ta’minlashga qaratilgan. Birlashma a’zosi Qozoqiston davlat va xususiy televideniyalari hamkorligida hamda Qirg‘iziston telestansiyalarida muxbirlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot ko‘rsatuvlarini ishlab chiqarish va boshqarish tajribalarini takomillashtirish hamda raqamli va ma’lumotli jurnalistikani (Digital and data journalism) rivojlantirish maqsadida loyihalar olib boradi
Hujjat topshirish tartibi:
Birlashmaga qo‘shilish arizalarini yil davomida potenial hamkorlardan hamda ishtirokchilar(fellows)dan qabul qilinadi. Loyihaga ariza topshirish uchun “Fellowship proposal” taqdim eting. Loyiha hamda birlashmaning a’zoligiga davogar bo‘lsangiz ariza hamda anketani to‘ldirishingiz zarur.
Savollaringiz bo‘lsa Baindu Kallonga bkallon@icfi.org email manzili orqali murojaat etishingiz mumkin
Hujjat topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotni SHU YERDA olishingiz mumkin.
Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, AQSh elchixonasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistondagi elchixonasi manzili:
O‘zbekiston Respublikasi, 100093, Toshkent shahar
Yunusobod tumani, 5-mavze
Moyqo‘rg‘on ko‘chasi, 3-uy
Tel.: (+99871) 120-5450
Faks: (+99871) 120-6335
To‘liq ma’lumotni SHU YERDAN saytidan olishingiz mumkin.