Qayerda: Yaponiya

Kim uchun: Barcha dizaynerlik firmalari/individual dizaynerlar uchun

Hujjat va ishlarni topshirish muddati: 2017-yilning 31-avgustigacha

Umumiy ma’lumot:

Yaponiyada Xalqaro dizaynerlar tanlovi (Kokuyo Design Awards) uchun hujjatlar va ishlar qabul qilish boshlandi. Ushbu tanlovning 2017-yil uchun tanlangan nomi «Yangi tarix» deb nomlanadi. Tanlov tashkilotchilari iste’mol bozorida noodatiy va kreativ dizaynga ega bo‘lgan mahsulotlarni qabul qilishga umid qilishmoqda.

Yutuqlar:

  • Eng yaxshi dizayn Gran-pri – 2 000 000 yen (bugungi kurs bo‘yicha 17649 AQSh dollari) ni qo‘lga kiritadi.
  • Uchta finalistning har biri 500 000 yen (4412 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofati bilan taqdirlanadi.
  • Shuningdek tashkilotchilar maxsus yo‘nalishlar bo’yicha ham qo‘shimcha mukofotlarni berishni rejalashtirgan.

Tanlov qatnashchilariga qo‘yilgan talablar:

  • Tanlovda korporatsiyalar, tashkilotlar, dizaynerlarguruhi va individual dizaynerlar qatnashishi mumkin;
  • Yosh, jins, millat, fuqarolik, ish tajribasi (staji) dan qat’i nazar, istalgan dizayner ushbu tanlovda qatnashishi mumkin.

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lganlar ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish uchun SHU YERNI bosing. Ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng, qaysi mahsulotni qanday dizaynda taklif etayotganligingiz haqidagi ma’lumotlar ham onlayn tarzda yuborilishi kerak bo‘ladi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.