Qayerda: London

Ariza topshirish muhlati: 2017-yilning 17-iyuligacha

Kim uchun: Yevropa ittifoqidan tashqari butun dunyodan talabalar

Qachon: Har yili

Grant miqdori:  5000 Yevro

Grant turi:

  • Balakavr uchun
  • Magistratura uchun
  • Doktorantura uchun

Umumiy ma’lumot:

“International Ambassador Scholarship”  stipendiyasi West London universiteti nomidan elchi sifatida ishtirok etish niyatida bo’lgan yuqori potensialga ega talabalarga beriladi. Stipendiya cheklangan miqdordagi talabalarga berilib, ular tanlov asosida saralab olinadilar. Universitet elchilari West London Universiteti rasmiy vakillari sifatida barcha reklama kampaniyalarida ishtirok qiladilar, intervyu beradilar.

Har yili, 50 bakalavriat, magistratura, yoki West London Universiteti bitiruvchisi mazkur stipendiyani olish mumkini. Granti hajmi 5,000 yevro bo’lib, faqat o’qishning birinchi yilida beriladi.

Universitetlar:

University of West London

Kim uchun:

Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Yevropa ittifoqi maklamatlari bo’lmagan;
  • West London Universitetiga o’qishga kirgan yoki kirmoqchi bo’lgan;
  • Sentabr oyida o’qishni boshlaydigan

Diqqat!  Ushbu stipendiya dasturiga West London universitetiga o’qishga kirgach, ariza topshirishingiz mumkin.

Hujjat topshirish tartibi:

Stipendiyani olish uchun arizani yuklab olish, to’ldirish va 16 iyul 2017-yilgaqadar  int.app@uwl.ac.uk email manziliga jo’natish lozim.

Barcha arizalar, hujjatlar, dastur haqidagi takliflar e-mail orqali ushbu manzilga yuborilishi lozim: int.app@uwl.ac.uk

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

Manzil: University of West London St Mary’s Road Ealing London W5 5RF