Qachon : Yil bo`yi davom etadi.
Ariza topshirish muhlati: ——
Grant miqdori: safar xarjatlari va umumiy xarajatlar
Umumiy ma’lumot:
OON da amaliyotchi sifatida ishlashni qaror qilgan bo`lsangiz siz mamlakatga , inson huquqlarini himoya qilish va rivojlanishiga o`z hissangizni qo`shgan bo`lasiz.
Volontyorlarga turli vaziyatlardagi vazifalarni bajarishlariga to`g`ri keladi va nomzodlar turli hududlarda ishlashga tayyor bo`lishlari kerak. Bundan tashqari ular ish faoliyatiga tezda kirishib ketishlari va xar hil sharoitlarda ishlashlariga to`g`ri keladi. Ishtirokchilar o`zlariga ish tanlay olmaydilar (ish tashkilot ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda beriladi,ishchilarning shaxsiy tanlovlariga qarab emas ); va ishtirokchilarning ish joyi ishga qabul qilinib , ish joyiga kelganidan so`ng belgilanadi.
Ko`pgina dasturlarda volontyorlik ishi 12 oygacha belgilanadi .Holovchilar amaliyotni o`tash jarayonida 6 oydan 12 oygacha bo`lgan shartnomaga imzo chekadilar.
Tashkilot hodimlari amaliyotchilar uchun quyidagi xarjatlarni to`lab beradilar;
1.Amaliyot davri mobaynida turar joy bilan ta`minlash.
2.Asosiy harajatlarni qoplash uchun oylik yordam puli.
3.Amaliyot bo`lib o`tadigan joyga borish va qaytish uchun transport harajatlari.(sharoitdan kelib chiqgan holda)
4.Hayot sug`rtasi,tibbiy sug`urtasi.
5.Yillik ta`til
6.Ko`chib o`tish uchun yordam puli , amaliyotni tugashidan so`ng ijobiy ta`surot qoldirgan ishchi uchun to`lab beriladi.
Nomzodlar uchun talablar
Amaliyotda quyidagi nomzodlar qatnasha oladi:
- Oliy ma`lumotga , yoki oliy tehnik ma`lumotga ega bo`lishlari.
- O`z ish sohasida 2 yillik tajribaga ega bo`lishi.
- 25 yoshdan kichik bo`lmasliklari (chet elda ishlash uchun) va 18 yoshdan kichik bo`lmasliklari ( ariza topshiruvchining o`z shahrida ishlash uchun)
- Eng kamida OON ning uchta ishchi tillaridan birini bilishlari: ingliz ,fransuz yoki ispan tillari;
- Volontyor bo`lib ishlash uchun intilishi
- Qiyin vaziyatlarga moslashib ketishlari.
- Xalqaro madaniy sharoitda ishlay olishlari.
- Yaxshi tashkilotchilik qobiliyatga ega bo`lishlari.
- Volontyorlik ishida yoki rivojlanayotgan davlatlarning birida tajribaga ega bo`lishlari.
Talabnomani ingliz ,fransuz yoki ispan tillarida yozish mumkin.
Volontyorlar chet mamlakatlarida ,o`zlarining mamlakatlarida (agar volontyorlarga ehtiyoj bo`lsa) va onlayn tarzda ishlashlari mumkin.