Institutda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida jamiyatimizga va davlatimizga yetuk yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va intelektual salohiyatini oshirish hamda ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, talabalarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlari va jamoatchilik qobiliyatini qaror toptirish, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish, talabalik nufuzini oshirish maqsadida “Yil talabasi” tanlovini o’tkazadi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
a) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, bunda talabaning fanlarni o‘zlashtirish va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
b) “Yilning eng tashabbuskor talabasi”, bunda talabaning institut, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlaridagi jamoatchilik ishtiroki, faollik darajasi, namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
g) “Yilning sportchi talabasi”, bunda talabaning sport sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;
d) “Yilning ijodkor talabasi”, bunda talabaning san’at, adabiyot, madaniyat va boshqa sohadagi ijodiy ishlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi.
Tanlov institutda har yili sentyabr - oktyabr oylarida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plami tegishli fakultet dekanati tomonidan saralanadi va 25 - sentyabrdan boshlab 20 ish kuni mobaynida hujjatlar to‘plamini qog‘ozda va elektron shaklda Tanlov komissiyasiga tavsiya etiladi.
11. Ishtirokchiga tegishli bo‘lgan quyidagi hujjatlar to‘plami fakultet dekanati tomonidan tayyorlanadi va Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:
- tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan tomonlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;
- tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi) nusxalari;
- tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga;
- turli tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);
- grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi ko‘rsatiladi;
- konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar, ularda maqomi va nomi, o‘tkazilgan joyi, shaxsan ishtirok etish darajasi (ma’ruzachi, hamma’ruzachi, tashkilotchi) ko‘rsatiladi;
Tanlov g’oliblari rag’batlantiriladi va respublika bosqichiga yo’llanma beriladi.
Ma’lumot uchun tel: 299 03 16