Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2010 yilning 12-13 may kunlari «Servis» fani bo‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o‘tkazildi. Olimpiada har bir institut va universitetdan tanlov asosida saralangan talabalar uchun 4 turda o‘tkazildi. Tanlovda respublikamizning bir necha institut va universitlaridan, jumladan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot instituti va boshqa oliy o'quv yurtlaridan yosh , iqtidorli talaba yoshlar o'z bilimlarini sinab ko'rdilar. Olimpiada yakunlariga ko‘ra Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Servis va turizm” fakulteti 3-kurs talabasi Tugalova Mohidil Toshpulatovna 361 ball bilan birinchi, Toshkent davlat iqtisodiyot instituti “Halqaro turizm” fakulteti 3-kurs talabasi Usmanova Gulnoza Baxodir qizi 305-ball bilan ikkinchi, Toshkent Arxitektura qurilish instituti «Menejment» yo‘nalishi 4-kurs talabasi Klenin Vitaliy Dmitriyevich 269 ball bilan uchinchi o‘rinni egallashdilar.

Gulhayo  Qobilova