Dunyo bo’yicha xalqaro do’stlikni mustahkamlash, tajriba almashinish borasida tashkil qilinayotgan turli tanlov va tadbirlar ko’payib bormoqda. Mana shunday tanlovlar biri P.I.Chaykovskiy nomidagi xalqaro konkursdir. Tanlov tashkilotchilari Rossiya Federatsiyasi Hukumati va Rossiya federatsiyasi Madaniyat Vazirligi hisoblanadi.Buyuk rus kompozitori sharafiga tashkil qilingan ushbu konkurs yaqin orada o’zining 14 yilligini nishonlaydi. Mazkur konkursning navbatdagi soni 2011 yilning 14 iyunidan 2 iyuligacha bo’lgan muddat oralig’ida Moskva shahrida o’tkaziladi. P.I.Chaykovskiy nomidagi xalqaro konkurs boshqa musiqiy konkurslardan o’zining ko’p tarmoqli ekanligi bilan ajralib turadi. Konkursda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bellashiladi: 1. Fortepiano ijrochiligi 2. Skripka ijrochiligi 3. Violonchel’ ijrochiligi 4. Yakkaxon ijro (ayollar va erkaklar) Tanlov shartlariga ko’ra fortepiano, skripka va violonchel’ ijrochiligi nominatsiyalari ishtirokchilarining yoshi 30 yoshdan oshmasligi, lekin 16 yoshdan kichik bo’lmasligi kerak.Erkaklar va ayollar yakkaxon ijrochiligi (solo) nominatsiyasi ishtirokchilarining yoshi esa 32 yoshdan oshmasligi , lekin 19 yoshdan kichik bo’lmasligi lozim. Tanlovda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritgan chet davlat fuqarolaridan bo’lgan tanlov talabgorlarining transport xarajati belgilangan tartibda tanlov tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.Viza rasmiylashtirishga oid savollarni esa mamlakatda joylashgan Rossiya Federatsiyasi Elchixonasiga murojaat qilish orqali bilib olish mumkin. Tanlov shartlariga qo’shimchalar kiritish ehtiyoji paydo bo’lgan hollarda, o’zgarishlar tanlov o’tkaziladigan muddatdan 2 oy oldin kiritiladi. Bu haqda tanlov saytida ma’lumot berib boriladi. Qo’shimcha ma’lumotlar va ariza berish qoidalari bilan http://www.tchaikovsky-competition.com/info.php manzilida tanishi-shingiz mumkin.
Gulhayo Qobilova.