O’zbekiston Ingliz tili O’qituvchilari Assosiatsiyasi - UzTEA - 1996 yilda tashkil qilingan bo’lib, bugungi kunda mamlakat bo’ylab 14 ta filiali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. UzTEA (Uzbekistan Teachers of English Association) ning bosh maqsadi - O’zbekistonda ingliz tilini o’rgatish mahoratini rivojlantirish, o’rgatuvchilarni zaruriy o’quv vositalari va materiallari bilan ta’minlash, shuningdek ingliz tilini o’rgatish haqidagi bilimlarini boyitish hisoblanadi. Shuning uchun UzTEA muntazam ravishda fikrlar va tajriba almashinish maqsadida turli forumlar, Ingliz tili o’qitish metodikasi va lingvistika yo’nalishida doimiy tarzda seminarlar, konferensiyalar va kurslar tashkil qiladi. UzTEAga qaysi dargohda ta’lim berishidan qat’iy nazar har qanday darajadagi ingliz tili o’qituvchilari(boshlang’ich, o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim) va o’qituvchi bo’lish arafasida turganlar ham a’zo bo’lishlari mumkin.Statistik ma’lumotlarga ko’ra, UzTEAga 1000 dan ziyod o’qituvchilar doimiy a’zo hisoblanishadi. Assosiatsiya har yili a’lo darajada faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar uchun Ingliz Tili O’qitishda Yuksak Mahorat (Teaching English Excellence Award) Mukofotini ta’sis etadi. Mukofotga Britaniya Kengashi homiylik qiladi va mustahkam hamkorlik ishlarini olib boradi. Jumladan, 2002 yilda UzTEA Samarqand va Farg’ona filiallari Britaniya Kengashi loyihasi doirasida Ingliz tilini o’qitish vositalari bilan ta’minlangan resurs markazga ega bo’ldi.Bundan tashqari Britaniya Kengashi UzTEA a’zolari uchun beminnat mutaxassis maslahatlarini berib boradi . UzTEA quyidagi shaharlarda filiallariga ega: • Toshken(Milliy bosh ofis) • Samarqand • Farg’ona • Buxoro • Jizzax • Qo’qon • Qarshi • Namangan • Navoiy • Guliston • Termez • Angren • Urganch Qo’shimch ma’lumotlar uchun www.uztea.uz ga murojaat eting.
Gulhayo Qobilova.