Qayerda: O’zbekiston
Kim uchun: Oliy yoki o’rta-maxsus ma’lumotga ega AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) mutaxassislari uchun
Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 30-iyunidan 2017-yilning 15-iyuligacha
Umumiy ma’lumot:
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi AKT mutaxassislarini ishga taklif etadi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi va uning hududiy bo’limlariga:
- dasturchi;
- ma’lumotlar bazasi administratori;
- korporativ tarmoq administratori;
- texnik hujjatlashtirish bo’yicha muhandis;
- veb-dizayner;
- axborot xavfsizligi bo’yicha mutaxassis;
- axborot texnologiyalari mutaxassisi lavozimlariga ishga qabul qilish bo’yicha nomzodlar uchun tanlov e’lon qilinadi.
Nomzodlar uchun malaka talablari:
Nomzodlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy yoki o’rta-maxsus ma’lumotga, zarur bilim va ish tajribasiga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.
Shuningdek, dasturchilar quyidagi dasturlash tillari va texnologiyalarida ishlash tajribasiga ega bo’lishi lozim:
- Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, Swift,PL/SQL, Transact SQL, C ;
- HTML, CSS, JavaScript, Jquery;
- zamonaviy veb freymvorklar (Wicket, Spring va boshqalar);
- ORM (MyBatis, Hibernate va boshqalar);
- WebService, WebSocket, B2B texnologiyalari;
- WinAPI tizimida dastur, veb brauzerlar uchun plaginlar yaratish;
- SDK qurilmalar bilan ishlay olish va tizimga integratsiya qilish;
- Android, iOS, Windows, J2ME qurilmalar uchun dasturlar yaratish.
Taklif etilayotgan lavozimlar bo’yicha oylik ish haqi miqdori 7 mln. so’mdan 11 mln. so’mgacha tashkil qiladi. Markaz va uning hududiy bo’limlari xodimlariga Byuro xodimlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo’llaniladi.
Tanlovda qatnashish, buning uchun zarur hujjatlar va boshqa talablar haqida Majburiy ijro byurosining kadrlar boshqarmasidan ma’lumot olish mumkin.
Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar qabul qilishni boshlash vaqti – 2017 yil 30 iyun, tamomlanishi – 2017 yil 15 iyul.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalqobod 3-tor ko’cha, 2a-uy. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi.
Telefon: 0371-235-49-32, 0595-145-65-85
Batafsil SHU YERDA tanishing.