Qayerda: Ozarbayjon
Kim uchun: Bakalavriat, magistratura, PhD va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Ariza topshirish muhlati: 2018-yilning 15-apreligacha
Umumiy ma’lumot: Ozarbayjonning Kazar universiteti (The Khazar University) bakalavriat, magistratura, PhD va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu dasturdan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Iqtisodiy ta’minot: Ushbu dasturni qo’lga kiritganlarga kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi.
Ta’lim sohasi: Grant uchun quyidagi yo’nalishlarga hujjat topshirilishi kerak:
- School of Engineering and Applied Sciences.
- School of Economics and Management.
- School of Humanities and Social Sciences.
- School of Education.
Qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: Har yili bitta davlatdan ikkita talaba ushbu grantga qabul qilinadi.
Nomzodga qo’yilgan talablar:
- Nomzodning oldingiz bosqichda (litsey/kollej, bakalavriat, magistraturada) olgan baholarining o’rtachasi yaxshi bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatlardan (IELTS, TOEFL va hk) topshirish majburiy shart emas, lekin nozmodning ingliz tilini bilish darajasi ancha yuqori bo’lishi kerak. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lgan nomzodlarning tanlanish ehtimoli biroz yuqori.
- Nomzod kirishimli va tolerant bo’lishi kerak.
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar. Nomzod quyidagi hujjatlarni to’ldirib, onlayn tarzda topshirshi lozim:
- Kazar universitetiga qabul qilinish haqidagi ariza. Ushbu arizada so’ralgan barcha hujjatlar ilova qilinishi lozim (ilova qilinishi lozim bo’lgan hujjatlar SHU YERDA).
- Grant dasturi uchun belgilangan tarzdagi ariza.
Yuqorida ko’rsatilgan arizalarni SHU YERDAN yuklab oling.
Kerakli hujjatlar ilova qilingan holda to’ldirilgan arizalar international@khazar.org elektron manziliga yuborlishi lozim.
Eslatma: Ingliz tilidan boshqa tildagi hujjatlar (diplom, diplom ilova va hk) ingliz tiliga tarjima qilinishi kerak va arizalar ingliz tilida to’ldirilishi kerak.
Batafsil SHU YERDA tanishing.