japanQayerda: Yaponiya Ariza topshirish muhlati:2016-yil 31-mart Kim uchun:Osiyo Taraqqiyot Bankiga a'zo davlatlarning 35 yoshdan oshmagan, kamida ikki yillik ish tajribasiga ega fuqarolari Grant miqdori: Bepul ta’lim; oylik stipendiya va uy-joy ijarasi uchun mablag'; darsliklar va o'quv materiallari uchun mablag'; tibbiy sug'urta xarajatlari; safar xarajatlari Grant muddati: Bir yildan ikki yilgacha (magistrlik va undan yuqori darajalar uchun) Umumiy ma’lumot: Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB)ning Yaponiyaga Grantlar Dasturi (JSP) 1988-yilda Yaponiya davlati tomonidan tashkil etilgan. Dasturning maqsadi OTBga a'zo rivojlanayotgan davlatlarning malakali fuqarolariga Osiyo va Tinch okeani hududidagi rivojlangan davlatlarning universitetlarida iqtisodiyot, boshqaruv, fan va texnologiya hamda boshqa rivojlanishga bog'liq sohalarda magistratura va undan yuqori ilmiy darajada ta'lim olishga imkon yaratish. O'qishni tamomlagandan so'ng, bitiruvchilar o'z davlatlarining iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo'shishlari kutiladi. OTB bir yil va ikki yillik akademik ta'lim uchun grantlar beradi. Kimlar topshirishi mumkin: Grant dasturi OTBga a'zo bo'lgan rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, O'zbekiston, Afg'oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari uchun ochiq. Grant shartlari:
  1. Bu dasturda ishtirok etuvchi talabgor, avvalo, universitetlardan birida magistrlik yoki doktorlik darajasi uchun o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak;
  2. Bakalavr darajasiga ega bo'lishi kerak;
  3. Kamida 2 yil to'liq stavkali professional mehnat tajribasiga ega bo’lishi kerak;
  4. O'qishni davom ettirishi uchun ingliz tilida bemalol suhbatlasha olishi va yoza olishi kerak;
  5. Ariza topshirish vaqtida 35 yoshdan oshgan bo'lmasligi lozim. Istisno hollarda katta xodimlarga va boshqaruvchilarga to'g'ri keladigan dasturlarda arizachi 45 yoshgacha bo’lishiga ruxsat beriladi;
  6. Sog'lom bo'lishi kerak;
  7. O'qishni tugatishi bilan o'z davlatiga qaytib kelishga rozi bo'lishi kerak;
  8. OTBning ijrochi direktorlari, yordamchi direktorlari, boshqaruv xodimlari, maslahatchilari va ularning qarindoshlari va oila a’zolari ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;
  9. Ushbu dasturning joylardagi xodimlari ham dasturda ishtirok eta olmaydi;
  10. O'z davlatidan boshqa davlatda yashayotgan yoki ishlayotgan arizachilar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;
  11. Ushbu dastur magistrlik yoki undan yuqori dasturda o'qiyotgan arizachilarni qabul qilmaydi;
  12. Ushbu dastur bakalavr darajasi uchun o'qishga, masofadan ta'lim dasturlariga, qisqa muddatli treninglar, konferensiyalar, seminarlar, ilmiy ish yozish va ilmiy izlanish loyihalariga homiylik qilmaydi.
Grant miqdori: Ushbu grant quyidagi xarajatlar uchun mablag’ bilan ta'minlaydi:
  • O`qish uchun mablag';
  • Oylik stipendiya va uy-joy ijarasi uchun mablag';
  • Darsliklar va o'quv materiallari uchun mablag'
  • Tibbiy sug'urta xarajatlari;
  • Yaponiyaga kelib ketish xarajatlari.
Tadqiqot ishlari bilan qiziqqan talabalar maxsus grant bilan ilmiy ish yozishlari mumkin. Talabalar birinchi o'quv yilini muvaffaqqiyatli bitirsagina, ular ikkinchi o'quv yilida o'qishlarini davom ettirishi mumkin. Grantning magistr va doktorlarlik darajalari uchun maksimum davomiyligi 2 yilni tashkil etadi. Hujjat topshirish tartibi va boshqa to'liq ma'lumotlar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.