O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3095-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 28 iyundagi 435-sonli buyrug‘iga asosan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining oliy ta’lim muassasalararo yakuniy bosqichi “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida 8 iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovida Qarshi davlat universitetining “Ziyo sadolari” vokal va Navoiy davlat pedagogika institutining “Istiqlol” xor jamoalari g‘olibi bo‘lib, tanlovning idoralararo yakuniy respublika bosqichida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nomidan ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘lgan edi.
“Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovi Tashkiliy qo‘mitasi majlisining 2017 yil 4 avgustdagi 134-sonli bayoniga muvofiq, joriy yilning 10 avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ko‘rik-tanlovning idoralararo respublika yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, turli vazirlik va ijodiy tashkilotlar tizimlarida g‘olib bo‘lgan ijrochilar, badiiy jamoalar ishtirok etdi.
“Yagonasan, muqaddas Vatan!” idoralararo respublika yakuniy bosqichida Qarshi davlat universitetining “Ziyo sadolari” vokal jamoasi “O‘zbekiston” qo‘shig‘i (I.Mirzo she’ri, L.Pirnazarov musiqasi), Navoiy davlat pedagogika institutining “Istiqlol” xor jamoasi
“Ozod Vatanim” qo‘shig‘i (B.Islomov she’ri, J.Kozimov musiqasi)bilan munosib ishtirok etdilar.
“Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining g‘olib va sovrindorlari Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.