Qayerda: Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar va ta’lim muassasalari

Ariza topshirish muhlati: 12 may 2017 yil

Kim uchun: Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar

Umumiy ma’lumot

Grantlar ishtirokchining ona yurtidan tashqarida bo’lgan Universitetlar Hamkorlik Tashkilotiga a’zo har qanday ta’lim muassasida, yoki ishtirokchi yurtidan boshqa davlatdagi (Hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar) sanoat, savdo yoki ijtimoiy xizmatlar bo’yich taqdim etiladi. Universitetlarda ishlaydigan ishtirokchilarga grantlar o’z universitetlarida (Universitetlar Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo’lishi lozim) yoki boshqa davlatlardagi sanoat, savdo yoki ijtimoiy xizmatlar sohasida berilishi mumkin; lekin sanoat, savdo yoki ijtimoiy xizmatlar sohasida ishlaydigan ishtirokchilar faqatgina Universitetlar Hamkorlik Tashkilotiga a’zo ta’lim muassasalarining biriga olishlari mumkin.

Kim uchun

Ishtirokchi past yoki o’rta daromadli mamlakatlardagi Universitetlar Hamkorlik Tashkilotiga a’zo ta’lim muassasalarining injiniring fakultetida ishlaydigan pedagoglar yoki shu yo’nalishda faoliyat yurituvchi shaxslar bo’lishi lozim.

Grant miqdori va taqdim etilishi muddati

5000 Britaniya funt sterlingi vs quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Ekonom klassga ikki tomonga (borish va qaytish) avia chipta va boshqa sayohat harajatlari
  • Tibbiyot sug’urtasi va viza harajatlari
  • Turar-joy uchun harajatlar
  • Ilmiy izlanish uchun harajatlar

Grantlar 6 oydan kam bo’lgan davrga taqdim etiladi va sayohat 2018-yilning
1-avgustiga qadar yakullanishi lozim.

Boshqa shartlar

Grantlar ilmiy daraja uchun yoki doktorlik darajasidan keyingi bo’lgan izlanish uchun mo’ljallanmagan. Ishtirokchilarning hujjatlarni topshirishlari, sayohat yoki joylashishlari va yo’nalish bilan bog’liq ishlar Universitetlar Hamkorlik Tashkilotining mas’uliyatiga kirmaydi. Ishtirokchilar, ularga grantlar taqdim etilgan holda, faqatgina kichik xajmdagi konferensiyada yoki katta dastur doirasidagi bir kursgagina qatnashishlari mumkin. Asosiy va yagona maqsadi konferensiya vs kursda ishtirok etishgina bo’lgan ishtirokchilarning arizalari ko’rib chiqilmaydi.

Dastur yakunlangach uch oy ichida ishtirokchilar 1000-2500 so’zdan iborat bo’lgan dastur bo’yicha hisobot topshirishlari lozim.

Arizalar topshirish tartibi

Topshirish uchun bu yerga bosing. Ishtirokchilar dasturda qatnashish uchun taklif taqdim etishlari lozim va yurtlarida universitet rahbariyati hamda Rektorining shu dasturda ishtiroklarini qo’llab quvvatlashlarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari lozim.