Qayerda: Vashington, AQSh
Kim uchun: Malakali mutaxassislar uchun
Ariza topshirish oxirgi muhlati: 2017-yil 23-aprel
Umumiy ma’lumot:
Jorj Vashington universiteti – Elliott nomidagi Xalqaro munosabatlar maktabining Markaziy Osiyo-Ozarbayjon stipendiya dasturi olimlar, hukumat amaldorlari, siyosat mutaxassislari, inson huquqlari va siyosiy faollarni, hamda ilmiy-tadqiqot va tahliliy ko’nikmalarini oshirish va izlashni istaydigan yosh mutaxassislarni arizalar topshirishga taklif qiladi. Dastur Markaziy Osiyo, Ozarbayjon hamda AQSh davlatidagi mutaxassislari o’rtasidagi intellektual munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur stipendiantlari 5 oy Washington, Nyu-Yorkda yashaydilar, hamda ulardan seminarlar, mahorat darslari va treninglar ishtirok etib, biron-bir mavzu bo’yicha bir siyosiy qisqa maqola yozish va ikki davlat seminarlarida o’z ilmiy tadqiqotlarini taqdim etish talab qilinadi.
Grant miqdori:
3 ta stipendiant kuzgi dasturga tanlab olinadi. Ular oylik 3000$ AQSh dollari miqdoridagi stipendiya, sayohat va viza xarajatlari bilan ta’minlanadi.
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
- Yoshi 25 va 40 yoshgacha bo’lgan bo’lishi kerak;
- Quyidagi olti mamlakatdan birining fuqarosi bo’lishi kerak: Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va ayni paytda olti mamlakat birida istiqomat qilishi kerak;
- Hukumat, siyosat, akademik doiralar, inson huquqlari, yoki demokratiya sohalaridan birida o’z bilimlariga ega bo’lishi kerak;
- Akademik nomzodlar magistr darajasiga ega va siyosatga yo’naltirilgan faoliyatda tajribaga ega bo’lishi lozim.
- Yozma va og’zaki ravon ingliz tili sohibi bo’lishi kerak.
Nomzodlar joriy yilning May oyi oxiriga qadar tanlanadi, hamda e-mail orqali xabar beriladi
Qo’shimcha va batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin
Ariza topshirish uchun: SHU YERDA

