Qayerda: Italiya

Kim uchun: Bakalavrni tamomlaganlar

Ariza topshirish muhlati: 7-sentabr 2017-yilgacha

Grant turi: Magistratura

Grant miqdori: 14 000 €

Rimdagi LUISS Business School biznes-maktabi texnologiya va biznes yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishni xohlovchilar uchun magistratura bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligini e’lon qiladi. Dastur iqtidorli talabalarning innovatsion-texnologiya va biznes-boshqaruv sohalarini o‘rganish imkonini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan bo‘lib, stipendiya bilan ta’minlaydi.

Ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi. Dastur talabalarga tahsil olish uchun 14 000 € miqdoridagi mablag‘ to‘laydi.

Nomzodlar test sinovi, insho tanlovi va suhbat asosida tanlab olinadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Ariza;
  • Pasport nusxasi;
  • Diplom yoki sertifikat nusxasi;
  • CV;
  • Mativatsion maktub;

Ro‘yxatdan o‘tish pullik hisoblanib, 75 € to‘lov amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2017-yilning 7-sentabriga qadar smluissbs@luiss.it elektron manziliga yuboriladi. Tanlab olingan nomzodlarga 7 kun muddati oralig‘ida xabar beriladi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.