Qayerda: Kembridj ,AQSH
Grant miqdori: 70000$
Ariza topshirish oxirgi sanasi: 28-fevral, 2017
Qachon: sentabr 2017 – may 2018
Kniqht science program amaliyot dasturi uchun nomzodlarni yeg`ayotgani to`g`risida e`lon qiladi. Barcha mamlakatlardagi jurnalistlarni ushbu dasturda ishtirok etishlari mumkin va ushbu dastur nomzodlarning keyingi ishlarida katta yordam beradi.
Amaliyotchilar ushbu dasturdagi o`quv seminarlardan tajribaga ega bo`lishlari, ilmiy – tekshiruv safarlarida ishtirok etishlari , intervyu olishlari shuningdek ko`pgina o`qish va yozish imkoniyatlariga ega bo`ladilar.
Ushbu dastur quyidagilardan tashkil topgan:
Seminarlar – seminar mashg`ulotlari muntazam ravishda taniqli tadqiqodchilar va media professionallari o`tkazishadi.
Ekskursiyalar- har yili turli hududlarda tashkil etiladigan ekskursiyalar ,ilm-fan va yozuvchilar uchun katta qiziqishlar bilan o`tkaziladi.
Tehnik media –mashg`ulotlari- ko`pgina teledasturlar o`zlarining ishchilarini ushbu o`quv dasturidan yuqori tehnik qobiliyatiga ega bo`lishlarini xohlashadi.
Simpoziumlar – ushbu dastur mobaynida 1-2 ta simpoziumlar tashkil etiladi. Ilm – fan ,jurnalistika ,tehnologiya mavzularida o`tilishi rejalashtirilgan
Ishtirokchilar 70000$ miqdorida stipendiya olishadi va bundan tashqari tibbiy sug`urta bilan ham ta`minlanadilar.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- To`liq stavkada ishlaydigan va yakka tarzda ishlaydigan jurnalistlar
To`liq satvkada ishlamaydigan jurnalistlar yoki yozuvchilar ushbu dasturda qatnasha olmaydilar.
- Tibbiyot ,ilm –fan , atrof-muhit , tehnologiyalar sohalarida kamida 3 yillik tajribaga ega qatnashchilar.
- Yozuvchi, reporterlar , produsserlar ,rejissorlar , fotojurnalistlar gazeta,jurnal,televideniye ,radioda ishlash imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Ushbu dastur uchun quyidagi hujjatlar kerak bo`ladi:
1.Proffesional tarjimai hol
2.Rezyume
3.Ishtirokchining amaliyot davrida amalga oshirmoqchi bo`lgan takliflari . 4.Ishidagi namunalar
5. 3 ta rekomendatsion xat