O’zbekistonda chet tillarini mukammal tarzda o’rgatish maqsadida chet davlat elchixonalari tomonidan turli xil programmalar tashkil qilingan. AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari Byurosi tashkil etgan TEA (The Teaching Excellence and Achievement) programmasi ham shular jumlasidandir.Mazkur programma-Muallimlik fazilatlari va yutuqlari dasturi-turli mintaqalar , jumladan Yevropa va YevroOsiyo, Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo ,Yaqin Sharq va Afrika, Okeaniya va Janubiy Osiyodan jami 154 ta o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarini ingliz tili bilimlari oshirish imkoniyatini bilan ta’minlaydi. Dastur ishtirokchilari tanlagan sohalari bo’yicha keng bilim olish, til o’rgatish malakalarini rivojlantirish, AQSH haqidagi bilimlari boyitish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Xalqaro ishtirokchilar uchun belgilangan tartibda guruhlarga bo’linib AQSHga 6 haftalik sayohat uyushtiriladi.Guruhlar yilning bahor va kuz oylarida AQSHga taklif qilinadi.Sayohat davomida AQSH ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish va unda bevosita ishtirok etish mumkin bo’ladi.Dastur so’ngida 2 haftalik muddatga AQSH Ta’lim Tizimida dars berish imkoniyati beriladi.Xorijiy mamlakat ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari, dars o’tish taktikasi va usullari bilan tanishish natijasida yangi malaka va ko’nikmalar shakllanadi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun turli seminarlar va treninglar, dars o’tish strategiyalari kurslari ham tashkil qilinadi.Tadbirlarda ishtirokchilar AQSH ta’lim tizimi vakillari bilan fikr va mulohazalar almashishadi.O’zbekistonda mazkur programma AQSh Elchixonasi tomonidan boshqariladi. Qo’shimcha ma’lumotlarni http://uzbekistan.usembassy.gov/exchanges manzilidan olishingiz mumkin.
Gulhayo Qobilova.