Umumiy ma’lumot: Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan Toshkentda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining quyi tizimlaridagi bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qilindi.

Tanlovda Toshkent shahrida doimiy ro‘xatda turib istiqomat qiluvchi, 18 yoshdan kichik bo‘lmagan 30 yoshdan katta bo‘lmagan, bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan, o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli yoki bir oylik harbiy xizmatni o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar, har oyning 1 chi juma kuni soat 08:00 dan 09:00 gacha Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 6 uyda joylashgan Toshkent shahar IIBB «Sport sog‘lomlashtirish majmuasi»da Ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish masalalari bo‘yicha tuzilgan komissiyaga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar o‘zlari bilan, fuqarolik pasporti (asli), tahsil olgan ta’lim muassasining diplomi, o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganlarga shahodatnoma (asli), harbiy guvohnomasi (asli), mehnat daftarchasini (asli yoki nusxasi) olib kelishlari bilan birga, suhbatdan o‘tish uchun savol javobga tayyor holda kelib murojaat qilishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga ishga kirish tartib qoidalari:

  1. Dastlabki suhbatdan o‘tishi;
  2. Individual psixologik test sinovini topshirib o‘tishi;
  3. Jismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirib o‘tishi;
  4. Nomzod va uning yaqin qarindoshlarini to‘liq o‘rganib chiqish;
  5. Sog‘ligi holatiga ko‘ra Ichki ishlar organlari xizmatiga yaroqliligini tekshirish;
  6. Tayinlanishi mo‘ljalanayotgan lavozimda amaliyotni o‘tashi;
  7. Yakuniy suhbatdan o‘tishi.

Qayd qilib o‘tamiz, nomzodlar murojaat qilgan kundan boshlab yiliga ikki marotaba sinov imtixonlarini topshirish huquqiga ega.