Hindiston Texnik va Iqtisodiy Kooperatsiya Programmasi (ITEC) Hindiston hukumatining hamkor davlatlar bilan do’stona aloqalarni mustahkamlash va mutaxassislar tajribasini oshirish maqdadida tashkil qilingandir.Programma 1964 yil 15 sentabrdan buyon samarali faoliyat ko’rsatib kelayotgan bo’lib,Hindistonning Bosh Vaziri bo’lgan Javoharla’l Neru programmaning asoschilarilaridan biri hisoblanadi. Dastur Hindistonning texnik kooperatsiyalarni amalda qo’llash va uning innovatsion shakllarini tadbiq qilish bo’yicha yo’lga qo’yilgan eng yirik dastur hisoblanadi. ITEC dasturi ko’plab xalqaro tashkilotlar bilan muntazam ravishda hamkorlik ishlarini oib bormoqda.Jumladan, Afrika Birlashmashi (AU), Janubiy-sharqiy Osiyo Millatlari Assosiatsiyasi (ASEAN), Jahon Mehnat Birlashmasi (WTO) doimiy hamkorlardan hisoblanadi. ITEC programmasi Hindiston Davlati hukumati tomonidan to’liq moliyaviy ta’minlangan .Ushbu dastur orqali dunyo bo’yicha 158 davlat Hindiston taraqqiyot tajribasini o’rganish imkoniyatiga egadir.ITEC programmasi quyidagi yo’nalishlarda faoliyat ko’satadi:

1. Hamkor davlatlar vakillari bilan Hindistonda mudofaa mashg’ulotlari o’tkazish 2. Turli Loyihalar 3. Hindiston ekspertlari maslahatlari 4. O’quv turlari 5. Hamkor davlat talabiga binoan beg’araz yordam xizmatini ko’rsatish 6. Tabiiy ofat holatida ko’mak

ITEC dasturi quyidagi yo’nalishlarda o’quv turlariga ega:

* Audit va moliya * Telekommunikatsiya va Ingliz tili kurslari * Menejment kurslari * Jamiyat taraqqiyoti kurslari * Maxsus kurslar * Texnik kurslar * Atrof-muhit va enerniyani qayta ishlash kurslari

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi shartlar mavjud:

1. Kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish lozim. 2. Ishtirokchi 25-45 yosh o’rtasida bo’lishi shart. 3. Tibbiy sog’lom bo’lish lozim. 4. Davlat ,xususiy va shaxsiy sektor, universitet xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilar arizalarni Hindiston elchixonasiga tanlangan kurs boshlanishidan 3 oy oldin topshirishlari shart.

Qobilova Gulhayo.