O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi grant olish uchun tanlov e’lon qiladi.“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyati boshqa institutlaridan ommaviy axborot vositalarining (OAV) mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan, quyidagi mavzudagi loyihalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi:

Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlarini keng yoritish, OAVning kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy fikrni umumlashtirish va ifoda etish borasidagi o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish.

Bitta loyiha bo‘yicha ajratiladigan eng katta grant miqdori – 10 mln. so‘m.

Tanlovda davlat ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga ariza bilan ixtiyoriy shaklda tuzilgan kuzatuvchi xat;

Jamoat fondning www.fundngo.uz saytida keltirilgan shaklda grant loyihasining arizasi;

Tashkilotning ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;

Nizom nusxasi (tashkilot muhri bilan tasdiqlangan hamma o‘zgarishlar va qo‘shimchalar bilan).

Tanlov bo‘yicha yuqorida keltirilgan hujjatlar, shu jumladan CD diskda elektron ko‘rinishdagi nusxasi bilan konvertda (A4 format): “100035, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bunyodkor ko‘ch., 1-uy” manzilda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi shart.

Hujjatlar ushbu e’lon ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan e’tiboran, har kuni, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari, soat 9-00 dan 17-00 gacha bir oy mobaynida 2010 yil 30 sentabrga qadar qabul qilinadi.

Tanlovning respublika hududlaridan ishtirok etuvchilari hujjatlarni skaner qilingan rahbar imzosi va tashkilotning muhri bilan grant-11-ngo@inbox.ru elektron manzilga yuborishlari mumkin. Barcha matnli hujjatlar Times New Roman 14 shriftida tayyorlanishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlari namunalari bilan Fondning quyidagi rasmiy saytida: www.fundngo.uz, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining Ijrochi devonida tanishish mumkin (tel.: 239-26-76, 239-84-42).

Tanlov natijalari Fondning rasmiy saytida e’lon qilinadi.