10 noyabr kuni Germaniyaning O‘zbekistondagi hamkor maktablarida nemis tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar o‘rtasida ifodali o‘qish bo‘yicha o‘zining 7-tanlovini o‘tkazdi.
Tanlovda 21 hamkor maktabdan jami 42 nafar o‘quvchi ishtirok etib, ular maktablarning har biri tomonidan o‘tkazilgan ichki saralash bosqichida aniqlab olindi.
O‘quvchilarning nemis tilidagi matnni tushunishi va uni ifodali o‘qish bo‘yicha qobiliyatlari Gyote instituti, Xorijdagi maktablar bo’yicha Germaniya markaziy boshqarmasi (ZfA) va Germaniya elchixonasi vakillaridan iborat ikkita hay‘at a’zolari tomonidan baholandi.
«A» guruhida O‘zDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi Kamilla Salieva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2-o'rinni Toshkent shahridagi 60-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Sevinch Umarova, 3-o‘rinni esa O‘zDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi Anastasiya Xlopushina egallashdi.
«B» guruhida Urganch Davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi Lola Musayeva 1-o‘rinni egalladi.
2-o'rinni Nukus shahridagi 6-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Nodira Yuldosheva, 3-o‘rinni esa Andijon viloyatidagi 21-sonli maktab-internatning 9-sinf o‘quvchisi Muborak Muhammedova qo‘lga kiritishdi.
O‘ziga xos an‘anaga aylangan ushbu tanlov o‘quvchilarni o‘zaro raqobat orqali qo‘llab-quvvatlaydi va nemis tilini o‘rganishda ularga zavq ulashadi.
--------------------------------------
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi faoliyatiga oid batafsil ma’lumotlarni elchixonaning matbuot bo‘limidan 120-84-40 telefon raqami yoki
pr-100@tasc.diplo.de elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin.