Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining anjumanlar zalida

Kim uchun: O‘zbekiston Respublikasi OTM larining barcha talabalari uchun

Maqola topshirish muddati: 2017-yilning 25-oktabrigacha

O‘zbekiston Respublikasi OTM larining barcha talabalari “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida o‘tkaziladigan yosh tilshunos va adabiyotshunos talabalarning 2-an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etiladi. Anjuman 2017-yil 25-noyabr kuni soat 1000  da universitetning anjumanlar zalida ochiladi.

Maqolalar ozbek, ingliz va rus tillarida quyidagi shu’balarda qabul qilinadi:

  • Tilshunoslik masalalari.
  • Adabiyotshunoslik masalalari.
  • Tarjimashunoslik masalalari.

Maqolalar filologiyaning dolzarb masalalariga qaratilishi, tadqiqotchining izlanishlari doirasida bo‘lishi, ilmiy-amaliy talablarga javob berishi lozim. Maqolada ilmiy asoslangan taklif va mulohazalar berilishi maqsadga muvofiq.

Maqola matniga qo‘yilgan talablar:

  • Matn formati: Microsoft Word, 1.5 interval, Times New Roman 14 pt (yozma va elektron variantda).
  • Mant formatining chegarasi: tepadan, pastdan, chapdan, o‘ngdan – 2,5 sm.
  • Maqola mavzusi matnning tepa qismida, o‘rtada bosh harflar bilan beriladi.

Keyingi qatorning o‘ng tomonidan muallifning ism-sharifi va familiyasi yoziladi. Navbatdagi qatordan muallif tashkilotining to‘liq nomi va telefon raqami hamda elektron pochtasi ko‘rsatiladi. Adabiyotlar ro‘yxati maqolaning yakunida keltirilishi lozim.

Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalarga ilmiy rahbar yoki maslahatchining taqrizi talab qilinadi. Maqolalar ilmiy to‘plam sifatida nashr qilinishi ko‘zda tutilgan.

Talablar asosida rasmiylashtirilmagan va kechikib topshirilgan maqolalar qabul qilinmaydi. Maqolalar konferensiya tashkiliy qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilib, nashrga tavsiya etiladi. Tashkiliy qo‘mita kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega. Maqola mazmuni uchun javobgarlik mualliflar zimmasiga yuklatiladi. Maqolalar to‘plam holida chop qilinishi sababli matnning har bir sahifasi uchun maqola muallifi 10 000 so‘m badal puli to‘lashi kerak.

Maqolalarni 2017-yilning 25-oktabriga qadar yozma va elektron nusxada quyidagi manzilga taqdim qilishingizni so‘raymiz:

KONFERENSIYA TASHKILIY QOMITASI