“Davlat ixtiyoridagi fanlarda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish”
4 Mar, 2015-y.
Boshqalar
2015 yil 12 mart kuni XTV tasarrufidagi Profilli mehnat ta'limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida "Davlat ixtiyoridagi fanlarda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish" mavzuda Respublika o'quv-seminari o'tkaziladi.
O’quv-seminar dasturi quyidagicha:
9.00-9.30-o’quv seminar ishtirokchilarini kutib olish va ro’yxatdan o’tkazish
9.30-10.40-kirish so’zi, maktab bilan tanishtiruv
10.45-11.30- ochiq darslar:
-“Ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajratishning bir necha usullari” mavzusida 7-sinfda matematika fanidan mustahkamlash darsi
O’qituvchi: Usmonova X.Q.
-“Qoraqalpoq madaniyati” mavzusida 8-sinfda O’zbekiston tarixi fanidan ochiq dars
O’qituvchi: Jabbarov M.A.
-“Soliq turlari bo’yicha umumlashgan dars” mavzusida 9-sinfda iqtisodiy bilim asoslari fanidan ochiq dars
O’qituvchi: Dadabayeva M.S.
-“Buterbrodlar tayyorlash texnologiyasi” mavzusidagi 9-sinfda profilli mehnat ta’limi darsi
O’qituvchi: Mirzabekova N.T.
-“Matematika kasblarda”(ko’paytirish va bo’lishni mustahkamlash) mavzusida 2-sinfda matematikadan ochiq dars
O’qituvchi:Raximova B.T.
-“Qushlarning ko’payishi” mavzusida 7-sinfda biologiya fanidan ochiq dars
O’qituvchi:Baxrutdinova N.Z.
-“O’qituvchi ishida dasturning turli usullaridan foydalanish” mavzusida 9-sinfda informatika fanidan ochiq dars (ta’lim rus tilida)
O’qituvchi: Kim A.B.
-”Hunarmandlar shahriga sayohat” mavzusida 2-sinfda matematika fanidan ochiq dars (ta’lim rus tilida)
O’qituvchi: Arutyunova K.V.
11.35- Kofe-breyk
12.00- Ochiq tarbiyaviy soat “Ota-onalarimizning kasblari”
O’qituvchi: Nuriddinov Q.Y.
12.30-guruhlarda ishlash, o’quv- seminar yakuni.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, J.Obidov ko’chasi, 7-A uy
Mo’ljal: Mirzo Ulug’bek tumani Soliq inspeksiyasi ro’parasi
Tel: +99871 262-15-37
Maktab sayti: www.profillimaktab.uz
E-mail: gosshpto@mail.ru
mr.Blyaher@mail.ru
5307