Qayerda: Toshkent
Kim uchun: Bakalavrni tamomlaganlar
Grant turi: Qisqa muddatli o‘quv kursi
Ariza topshirish muhlati: 15-sentabr 2017-yilgacha
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatimizdagi iqtidorli hamda rahbarlik lavozimida faoliyat yuritishni xohlovchi yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga 4 oylik qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun arizalar qabulini boshladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Bakalavr bosqichini tugatgan;
- Kamida ikki yillik mehnat stajiga ega;
- 30 yoshdan oshmagan;
- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardan xabardor;
- Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida chuqur bilimga ega;
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari hamda tashkilot tizimida ish tajribasi ega;
- Mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik qobiliyati, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishi lozim.
Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
- Ariza (institut direktori nomiga);
- Ish joyidan tavsiyanoma (rahbar imzosi bilan);
- Diplom nusxasi ilovasi bilan (asl nusxasi);
- Belgilangan shakldagi ma’lumotnoma;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi;
- 3,5×4,5 hajmdagi fotosurat (4 dona);
- Pasport nusxasi;
- №86-U formadagi tibbiy ma’lumotnoma;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan saralanib tavsiya etilgan nomzodlar O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon (test) hamda yetakchilik qobiliyati va dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan suhbatdan o‘tadilar.
Hujjatlar joriy yilning 15-sentabrga qadar qabul qilinadi.
To‘liq ma’lumot: SHU YERDA