Qayerda: Qirg‘iziston Respublikasi.
Kim uchun: Butun dunyo bo‘yicha. (Markaziy Osiyo davlatlaridan arizalar ko‘proq inobatga olinadi).
Ariza topshirish muhlati: 15-aprel 2017-yilgacha.
Grant turi: Magistiratura.
Grant miqdori: To‘liq qoplanadi.
Bishkekdagi YXHT Akademiyasi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, ilmiy tadqiqot va muloqotni oshirish imkoniyatiga ega mintaqaviy markaz hisoblanadi. YXHT Akademiyasi Qirg‘iziston Respublikasi hukumati va YXHT o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memarandumi, shuningdek AQSh, Finlandiya, Daniya, Kanada, Norvegiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar qo‘llab-quvvatlovi asosida tashkil etilgan. Akademiyaning magistiratura dasturida ta’lim sifatini oshirish hamda kengaytirish, siyosat, xavfsizlik, xalqaro munosabatlar, turli xil ixtiloflarni oldini olish, rivojlanish, iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida professional yoki akademik kariera uchun zarur bilim-ko‘nikmalarini egallash istagida bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallangan.
O‘qish 1-sentabr 2017-yildan boshlanadi.
Akademiya tomonidan taqdim qilinayotgan yo‘nalishlar:
“Siyosat va xavfsizlik”;
“Iqtisodiyotni boshqarish va rivojlantirish”;
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Tegishli sohada muvaffaqiyatli ravishda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; (bakalavr, mutaxassis)
- Ingliz tilini a’lo darajada bilishi;
- Nomzodalar 1-sentabr 2017-yilga qadar 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
- Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Mo‘g‘iliston fuqarolarining arzialari ko‘proq inobatga olinadi. YXHTning ishtirokchi davlatlaridan bo‘lgan arizachilarga kvota miqdori cheklangan.
YXHT Akademiyasi quyidagicha mablag‘lar bilan ta’minlaydii:
- Barcha o‘qish xarajatlari;
- 180 € miqdorida oylik stipendiya;
- 120 € miqdorida Bishkek shahrida uy-joy ijarasida turish;
- Bishkek va Markaziy Osiyo doirasidagi transport xarajatlari;
- Tibbiy sug‘urta (Qirg‘iziston fuqarolari bundan mustasno);
- 15 € miqdorida qo‘shimcha talabaning farzandi uchun.
ONLAYN ANKETANI SHU YERDAN TO‘LDIRISHINGIZ MUMKIN:
“Siyosat va xavfsizlik” yo‘nalishi uchun;
“Iqtisodiyotni boshqarish va rivojlantirish” yo‘nalishi uchun.
Hujjatlarni qabul qilish Bishkek vaqti bilan 23:00 15-aprel 2017-yilda tugaydi.
Saralangan nomzodlar sinov va suhbatga chaqiriladi.