Qayerda: Chexiya
Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 30-sentabr
Kim uchun: Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari
Grant miqdori: Oyiga 500 yevro
Grant turi: Bakalavr, magistratura va doktorantura uchun
Umumiy ma’lumot:
Chexiya hukumati Tashqi Taraqqiyot uchun yordam dasturi asosida rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan fuqarolarni Chexiya oliy o’quv yurtlarida o’qishga taklif qiladi.
O’qish quyidagi til va darajalarda olib boriladi:
Chex tilida taklif etiladigan darajalar:
Bakalavr (Uch-to’rt yil);
Magistratura (To’rt-olti yil);
Doktorantura (Uch-to’rt yil).
Grant dasturiga qabul qilinganlar asosiy o’qishlarini boshlashdan oldin Charles universitetidagi Til va tayyorgarlik ta’limi institutida bir yil chex tilini o’rganadi.
Ingliz tilida taklif etiladigan darajalar:
Magistratura (Bir yildan uch yilgacha);
Doktorantura (Uch-to’rt yil).
Kim uchun:
Chexiya va Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ushbu grant dasturiga hujjat topshirishi mumkin. Qatnashchilar o’qish boshlanguncha 18 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.
Grant miqdori:
Grantni qo’lga kiritganlar Chexiya universitetida bepul ta’lim oladi. Shuningdek, har oy bakalavr va magistratura talabalariga 500 yevro, doktorantura talabalariga esa 540 yevro stipendiya beriladi.
Chexiyaga borish-kelish safar xarajatlarini talaba o’zi qoplashi kerak.
Hujjat topshirish tartibi:
Arizalar internet orqali
SHU YERDA to’ldiriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Pasport nusxasi;
Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
Rezyume;
O’qish joydan olingan guvohnoma va baholarning ingliz yoki chex tiliga tarjima qilingan nusxasi (bakalavr uchun o’rta maktab guvohnomasi; magistratura uchun bakalavr diplomi va diplom ilovasi; doktorantura uchun esa magistratura diplomi va diplom ilovasi);
Sog’lom ekanligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
O’qish va karyera maqsadlari aks etgan insho (Ko’pi bilan 1000 belgi);
Barcha hujjatlar notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ingliz tilida o’qish uchun taklif etiladigan sohalar:
Iqtisodiyot;
Moliya;
Axborot texnologiyalari;
Qishloq xo’jaligi;
Energetika;
Muhandislik (Injenerlik).
Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot
SHU YERDA.
Nomzodning hujjatlari birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tsa, Chexiya elchixonasiga suhbatga chaqiriladi. Suhbatga borganda topshirilgan hujjatlar nusxalarining originali taqdim etilishi kerak.
Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni
SHU YERDAN olishingiz mumkin. Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Chexiya elchixonasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.