Qayerda: Toshkent
Kim uchun: 18 – 27 yoshlilar
Qachon: 2017-yilning oktabr oyi
Ariza topshirish muhlati: 10-sentabr 2017-yilgacha
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi bilan hamkorlikda hamda mavjud siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Parlament modeli” loyihasiga arizalar qabulini e’lon qiladi.
Loyihani tashkil etishdan maqsad – yoshlarning siyosiy tafakkuri va bahs madaniyatini oshirish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida o‘tkaziladigan muhokamalar va qonun qabul qilish jarayonlarida va partiyalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan majlis va tortishuvlarda yigit-qizlarning bevosita ishtirokini ta’minlash, ularning taakliflarini o‘rganish va deputatlar bilan o‘zaro muloqot o‘rnatishdan iborat.
Parlament modelida 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Saralash bosqichidan 150 nafar nomzod tanlab olinadi.
Loyiha davomida Oliy Majlisning 3 kunlik simuliyatsiyasi tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda Qununchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiya vakillari va ekspertlar ishtirokida maxsus o‘quv seminarlari, debatlar va uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Loyihada ishtirok etishni istovchi talabgorlar SHU YERDAN ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Arizalar 2017-yilning 10-sentabriga qadar qabul qilinib, saralash natijalari 20-sentabr kuni e’lon qilinadi.
Sizni qiziqtirgan qo‘shimcha ma’lumot va savollarga (0371) 239 0191, 239 0195 telefon raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.
Batafsil SHU YERDA tanishing.