Qayerda: Yaponiya

Kim uchun: PhD bosqichida o’qishni rejalashirayotganlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: Hujjat topshirish 2017-yilning 15-dekabrida boshlanadi va 2018-yilning 31 yanvarigacha davom etadi

Umumiy ma’lumot: Yaponiyaning Fiziologik fanlar bo’yicha Milliy instituti (National Institute for Physiological Sciences) xarajatlari to’liq qoplanadigan stajirovka dasturini e’lon qildi. Ushbu dasturning maqsadi – kelejakda Yaponiyaning Fiziologik fanlar bo’yicha Milliy institutida PhD bosqichida ta’lim olishni xohlovchilarni institut sharoiti bilan tanishtirish hisoblanadi. Ushbu institutda PhD bosqichida o’qishga qiziquvchilar dasturga hujjat topshirishlari mumkin.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu dasturga qabul qilinganlarning stajirovgaga oid xarajatlari (borish va kelish, 2 hafta davomida Yaponiyada qolish xarajatlari) qoplanadi.

Stajirovkaga qabul qilinishi mo’ljallangan nomzodlar soni: 10 ta.

Stajirovka muddati: Stajirovka 2 hafta davom etadi va uning aniq vaqti keyinchalik e’lon qilinadi (2018-yil may va 2019-yil yanvar oralig’ida o’tkazilishi rejalashtirilgan).

Stajirovka sohasi: Institutda quyidagi sohalar bo’yicha labaratoriya;ar mavjud va shu sohalar bo’yicha stajirovka o’tkazish mumkin:

Biophysics and Neurobiology
Membrane Physiology
Cell Structure
Cell Signaling
Cardiocirculatory Signaling
Endocrinology and Metabolism
Homeostatic Development
Visual Information Processing
Behavioral Development
System Neurophysiology
Cerebral Integration

Nomzodga qo’yilgan talablar:

Nomzod:

  • Yaponiya fuqarosi bo’lmasligi;
  • Magistrlik diplomiga ega bo’lishi;
  • Kelgusida PhD dasturida o’qishni xohlayotgan/rejalashtirayotgan bo’lishi kerak.

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • CV.
  • Fanlardan olingan baholar.
  • Tavsiyanomalar.

Ariza va hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Arizani SHU YERDA (https://www.nips.ac.jp/circulation/Internship2018/Continue2018-befor.html) to’ldiring.
Eslatma: Ariza qabul qilish 2017-yilning 15-dekabridan boshlanadi.

Savollar yuzasidan intrenship2018-inquiry@nips.ac.jp email manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Email mavzusiga «NIPS Internship 2018» deb yozing).

Batafsil SHU YERDA (http://www.nips.ac.jp/eng/graduate/internship.html) tanishing.