Qayerda: Yangi Zelandiya

Kim uchun: Balalavr bosqichini tugatgan va 2 yillik ish stajiga ega bo‘lganlar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2017-yining 20-iyuligacha

Umumiy ma’lumot:

Yangi Zelandiyaning Oklend universiteti Yaponiya va Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan tashkil etilgan stipendiya dasturi asosida Osiyo Taraqqiyot Bankiga a’zo davlat fuqarolarini magistrlik bosqichida grant asosida o‘qishga taklif etadi. O‘qish 2018-yilning fevralidan boshlanadi.

Stipendiya to‘lanadigan sohalar:

Quyidagi sohalar bo‘yicha magistrlik bosqichida o‘qishga qabul qilinganlar ushbu stipendiya bilan taqdirlanishi mumkin:

  • Sog‘liqni saqlash;
  • Ekologiya (Ekologik fanlar);
  • Rivojlanish tadqiqoti (Development Studies);
  • Xalqaro biznes;
  • Injineriya.

Iqtisodiy ta’minoti:

Stipendiyani qo‘lga kiritgan talaba quyidagi moddiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Oklend universitetidagi ta’lim puli (tuition fee) to‘liq to‘lab beriladi;
  • O‘qish boshlanganida Oklendga kelish va tugaganida vatanga qaytish xarajatlari qoplab beriladi;
  • Oklendda yashash xarajatlari qoplab beriladi;
  • Sog‘liq va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi;
  • Maxsus taqdqiqot olib borish lozim bo‘lganida, tadqiqot uchun qo‘shimcha mablag‘ ham ajratilishi mumkin.

Dasturda qatnashish uchun belgilangan talablar:

  • Nomzod Osiyo Taraqqiyoti Bankiga a’zo davlatlardan birining fuqarosi bo‘lishi lozim (O‘zbekiston a’zo);
  • Oklend universitetida magistrlik bosqichida o‘qish uchun qabul qilinishi (qabul qilingan bo‘lishi) kerak;
  • Bakalavrlik diplomiga ega bo‘lishi va baholari yuqori bo‘lishi lozim;
  • Ariza topshirish muddati tugaguniga qadar ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim;
  • Ingliz tilidagi yozma va og‘zaki nutqi magistrlik bosqichida o‘qish uchun yetarli bo‘lishi lozim;
  • 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim;
  • Sog‘lom bo‘lishi lozim;
  • Dastur tugaganidan so‘ng o‘z vataniga qaytishi lozim.

Ariza topshirish jarayoni:

1-bosqich. Yuqorida sanab o‘tilgan sohalardan birida xorijiy talaba sifatida o‘qish uchun ariza topshiring.

2-bosqich. Sohalardan biriga o‘qish uchun topshirayotganingizda quyidagi hujjatlarni ilova qiling:

  • ADB-JSP ma’lumotnomasi;
  • Passport nusxasi;
  • Diplom va fanlardan olingan baholar nusxasi (ingliz tilida);
  • IELTS/TOEFL sertifikati;
  • Passport o‘lchamli surat.

3-bosqich. Agar Oklend universitetiga qabul qilinsangiz, universitetdan taklif xati olasiz va shundan so‘ng 4-bosqichda ko’rsatilgan hujjatni topshirasiz. Agar qabul qilinmasangiz, 4-bosqich siz uchun emas.

4-bosqich. Stipendiya dasturi uchun kerakli hujjatlarni to‘ldirib, Oklend universitetiga pochta orqali yuboring. Ushbu hujjatlarni SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin. Eslatma: Bu hujjatlar elektron tarzda topshirilmaydi, faqat pochta orqali yuborilishi kerak.

Batafsil ma’lumot bilan SHU YERDA tanishing.