Qayerda: Litva(Vilnyus shahrida)

Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 1-may

Kim uchun: Bitiruvchilar va 35yoshgacha bo’lgan kasb egalari

Qachon: 2017-yil 10-16-iyul kunlari

Grant miqdori:  To’liq (jami 650 evro) va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Ta’lim to’lovi;
  • Kurs qo’llanmalari;
  • yotoqxonada joylashuv
  • ehtiyojlar uchun xarajatlar

Faqat cheklangan miqdordagi talabalargagina grant beriladi. To`liq grantlar safar, ta’lim va turar-joy xarajatlarini qoplaydi. Qolaversa, talabalarga yarim grantlar ham ajratilishi mumkin.

Grant turi: Malaka oshirish

Umumiy ma’lumot:

TISI (Transparency International School on Integrity) kelajak yetakchilar uchun yillik korrupsiyaga qarshi kurash va ishonchlilik treyningi hisoblanadi. 2017-yilda TISI 10-16 – iyul kunlari Vilniusda, bo`lib o`tadi. Murakkab tanlov jarayonidan so`ng, qatnashchilar 7 kunlik yuqori qizg`inlikdagi o`zaro malaka almashinuv va yetakchi korrupsiyaga qarshi kurash va ishonchlilik professionallaridan ta’lim jarayoniga olib kiriladilar.

Talabalarni «xoshiyadan tashqarida» fikrlash va avval sinalmagan, yangi yechimlar taklif qilish talab qilingan bir vaqtda, ma’ruza, seminar, treyning, sayohatlar orqali TISI qatnashchilari xalqaro va mahalliy ko`nikmalarning betakror qo`shilmasi TISI tomonidan yetkazib beriladi.

Maktab 35 yoshdan kichik bo`lgan universitetlarning bitiruvchilari talabalari, bakalavr yoki undan yuqori darajani qo`lga kiritgan mutaxassislar, yosh professionallar uchun ochiq. TISI davlat, xususiy, no-davlat va ilmiy sektorlarning, barcha ilmiy qatlamlarning vakillarini kutib qoladi. TISI nomzodlarni irqi, rangi, millati, nogirionligi, jinsi, jinsiy birligi, dini, siyosiy qarashlari, onalik, oilaviylik yoki ota-onalik holati, jinsiy yo`nalishi yoki boshqa asosga ko`ra saralamaydi.

Kim uchun:

Faqat cheklangan miqdordagi talabalargagina grant beriladi. To`liq grantlar safar, ta’lim va turar-joy xarajatlarini qoplaydi. Qolaversa, talabalarga yarim grantlar ham ajratilishi mumkin. Grantlarga quyidagi mamlakatlar qatnashchilari ariza topshirishi mumkin:

Armeniya                                           Ozarbayjon                                        Belorusiya

Bolgariya                                           Daniya                                               Estoniya

Finlandiya                                          Georgiya                                            Islandiya

Latviya                                               Moldava                                             Norvegiya

Polsha                                                Ruminiya                                           Svetsiya

Turkiya                                               Ukraina

 

Hujjat topshirish tartibi:

Arizalar electron ko’rinishda to’ldiriladi. Online Ariza to’ldirish – SHU YERDA

Qolaversa, Nordplus huquq tarmog`i hamkor universitetlari talabalari Nordplus safar grantiga ham ega bo`lishlari mumkin. Agar ta’lim grantiga ega bo`lishni xohlasangiz, arizadagi ajratilgan joyni to`ldirishni unutmang!

Arizalar grant uchun shu yilning 1-mayigacha, to`lovli ta’lim uchun 15-mayigacha qabul qilinadi.

Pochta, kuriyer yoki boshqa yo’llar orqali jo’natilgan hujjatlar hisobga olinmaydi.

Dastur haqidagi takliflar e-mail orqali ushbu manzilga yuborilishi lozim: admissions@transparencyschool.org

Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA